Sadr
Sadr | |
arabcha: صدر' |
Sadr (arabcha: صدر — qalb, old, koʻkrak, toʻr; koʻplikda sudur) — musulmon mamlakatlaridagi turli mansabdor shaxslarning unvoni. Bu unvon baʼzan ruhoniylarga ham berilgan, ularga butun davlatning yoki biror viloyatning vaqf ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan[1].
XII–XIII asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan Burxoniylar Sadri Jahon nomi bilan mashhur boʻlgan[1]. Buxoro xonligida Buxoro shahri va uning atrofida 1 farsax masofada joylashgan vaqf mulklari boshqaruvidagi muammolarni hal etishda masʼul kishi sadr deb ataladi. Buxoro inqilobiga qadar mazkur amaldor vazifasi oʻzgarishsiz qolavergan. Sadrlik lavozimi xonlikning barcha viloyatlarida boʻlgan[2]. Buxoro shahri boshqaruvidan tashqaridagi madrasalar faoliyati uchun xuddi sadrlar singari vazifalarni bajaruvchilar sudur deb atalgan[3].
XVI asrdan boshlab Usmonli turk imperiyasida va XIX asrdan Eronda eng yuqori mansabdor shaxs (vaziri aʼzam) sadr (sadri aʼzam) deb atalib, bu unvon XX asrda tugatilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbek Sovet ensiklopediyasi 1977, s. 427.
- ↑ Jumanazar 2021, s. 67.
- ↑ Jumanazar 2017, s. 56–57.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.
- Jumanazar A. K. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti, 2021 — 520-bet. ISBN 978-9943-6804-9-4.
- Oʻzbekiston Sovet ensiklopediyasi. IX tom. Toshkent: Oʻzbek Sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1977 — 651-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „ṢADR“ (inglizcha). iranicaonline.org (2005-yil 20-iyul). Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.