Sabrina Vega
Sabrina Vega | |
---|---|
Sabrina Vega Gutiérrez 2015-yilda | |
Mamlakat | Ispaniya |
Tugʻilishi |
28-fevral 1987-yil Las Palmas, Ispaniya |
Saravha |
Xalqaro magistr Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Sabrina Vega Gutierrez (1987-yil 28-fevralda Las-Palmasda tugʻilgan) — ispan shaxmatchisi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yildan 2007-yilgacha Sabrina Vega turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida faol ishtirok etgan. U Mondariz (2005—2006-yillar), Lorse (2007) va La Massana (2007)da ayollar grossmeysteri normasini bajardi.[1] Vega ketma-ket ikki marta 2013 va 2014-yillarda Belgrad shaxmat turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalini qoʻlga kiritdi.[2][3]
Vega Ispaniya terma jamoasi safida umumiy yettita shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan, jumladan, 2004, 2008—2016-yillar oraligʻida Ispaniya shaʼnini himoya qilgan.[4] Shuningdek, Sabrina Vega Ispaniya terma jamoasi safida jami oltita Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida ishtirok etgan (2005—2015-yillar davomida).[5]
U 2008, 2012 va 2015-yillarda ayollar oʻrtasida Ispaniya chempionatida gʻolib boʻlgan.[6] 2016-yilda esa Mamaia shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa individual chempionatida Vega kumush medalga loyiq koʻrildi.
2020-yilda boʻlib oʻtgan Ispaniya chempionatida Sabrina gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu uning ispan chempionatlari orasidagi yettinchi ishtiroki boʻldi.[7]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta singlisi Belinda Vega Gutierrez Sabrinadan muvaffaqiyatga erisha boshlaganidan bir necha yil oʻtgach shaxmat oʻynashni boshlagan. Belinda Vega ham Sabrina singari FIDE xalqaro ayol ustasi unvoniga erishgan.[8] Opa-singil Vegalar Ispaniya terma jamoasida birgalikda dona surishadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Administrator. „FIDE Title Applications (GM, IM, WGM, WIM, IA, FA, IO)“.
- ↑ Mihailov. „WGM Sabrina Vega Gutierrez wins the tournament in Belgrade“.
- ↑ „WGM Sabrina Vega Gutierrez wins another trophy in Belgrade - Chessdom“.
- ↑ Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Sabrina Vega Gutiérrez“.
- ↑ Bartelski. „OlimpBase :: European Women's Team Chess Championship :: Sabrina Vega Gutiérrez“.
- ↑ „Sabrina Gutiérrez Vega es la Campeona de España 2008“ (13-avgust 2008-yil).
- ↑ „David Anton and Sabrina Vega win Spanish Championships“ (2020-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.
- ↑ Flores. „"Chess teaches you so much!": An interview with IM Sabrina Vega“ (inglizcha). Chess News (26-iyul 2021-yil). Qaraldi: 1-mart 2022-yil.