Rux qotishmalari
Rux qotishmalari — asosiy qismi ruxdan iborat boʻlgan qotishmalar. Tarkibida qoʻshilmalar sifatida alyuminiy, mis va magniy boʻlgan Rux qotishmalari muhim sanoat ahamiyatiga ega. Ruxalyuminiy va ruxalyuminiymis sistemalari asosidagi Rux qotishmalari tarkibida alyuminiy 3,5 dan 22% gacha, magniy 0,02 dan 2% gacha; ularda rqattiq eritma (juda oz miqdordagi alyuminiyning ruxdagi qattiq eritmasi) bilan aqattiq eritma (ruxning alyuminiydagi qattiq eritmasi) hosil boʻlishi mumkin. Ruxmis sistemasi asosida sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan L60 (mis 60%, rux 40%) va L15 (mis 85%, rux 15%) rusumli jezlar olinadi. Ruxalyuminiy sistemasi asosidagi Rux qotishmalarining mexanik xossalari ruxmis sistemasidagi qotishmalarnikidan yuqoriroq. Tarkibi 22% alyuminiy va 78% ruxdan iborat qotishma oʻta plastiklik xususiyatiga ega. Bu qotishma yuk taʼsirida 1000% gacha choʻzilishi mumkin. Boshqa oddiy metall materiallarga nisbatan bu koʻrsatkich 20—50 marta ortiq. Undan tayyorlangan listlarga past (260— 270°) tralarda osonlikcha ishlov berib, turli shaklli buyumlar olish mumkin. Ruxalyuminiymis sistemasidagi krtishmalar ruxning eng puxta qotishmalaridir. Rux qotishmalariga qoʻrgʻoshin, qalay va kadmiy salbiy taʼsir etadi, chunki ular rux bilan past tralarda suyukdanadigan evtektik tarkiblar hosil qilib, qotishma zarralari chegarasida joylashadi. Juda oz miqdordagi temir ham Rux qotishmalari qattikdigini va moʻrtligini oshiradi, ularga ishlov berilishini kiyinlashtiradi. Yuqori sifatli Rux qotishmalari tarkibidagi qalay, qoʻrgʻoshin, kadmiy va temirning miqdori tegishlicha: 0,005, 0,01, 0,005 va 0,1% dan oshmasligi zarur. Sanoatda SA15, SM1, SAM024, SAM25, SAM41, SAM102, SAM105 rusumli R.q ishlatiladi. (S harfi qotishmalardagi ruxni, A. alyuminiyni, M misni, raqamlar esa alyuminiy va misning % hisobidagi miqdorini koʻrsatadi). Rux qotishmalari oson suyuklanadigan va suyuq holatda yaxshi oquvchan boʻlganligidan karbyuratorlar, nasoslar, podshipniklar qismlari va boshqa turli murakkab shaklli detallarni bosim ostida quyishda, shuningdek, bezak buyumlar tayyorlashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |