Rus alifbosi
Rus alifbosi — ruscha nutqning tovush tarkibini ifodalovchi hamda milliy rus tilining yozma va bosma shaklini hosil qiluvchi belgiharflarning izchil qatori. Rus alifbosi asta-sekin qad. slavyan yozuvi kirillitsa (qarang Kirill yozuvi)p,j kelib chiqqan. 1918-yilda hozirgi koʻrinishga ega boʻlgan. 33 harfdan iborat: ularning 21 tasi undosh tovushlarni (b, p, v, f, d, t, z, s, j, sh, ch, s, sh, g, k, x, m, n, l, r), 10 ta harf unlilarni — a, e, o, i, i, u sof unlilarni va "y+unli" (ya, ye, yo, yu) birikmalarini ifodalaydi. Y harfi "boʻgʻin hosil qilmaydigan i" ni yoki j undoshini bildirsa, ʼ, — ayrish va yumshatish belgilari alohida tovushni biddirmaydi. Rus alifbosi sobiq SSSRdagi (va hozirgi Rossiya Federatsiyasidagi) koʻplab xalqlarning alifbolariga asos boʻlgan (Mas, 1940-yil may oyida kabul kilingan va hozirgacha amalda boʻlgan oʻzbek alifbosi Rus alifbosi asosida, unga muayyan oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan yaratilgan).
Dastlab (11-asr) qabul qilingan Rus alifbosi uzoq vaqt hozirgi koʻrinishidan harflar tarkibi va ularning nomlanishi bilan farqlanib turgan. Harflarning tarkibi esa koʻp asrlar mobaynida deyarli oʻzgarishsiz qolgan. Alifbo tarkibining dastlabki qonuniy oʻzgarishi Pyotr I ning (1708—10) va Fanlar akademiyasining (1735, 1738 va 1758) islohotlari bilan bogʻliq (bunda harflarning shakllari soddalashtirilib, bir necha eskirgan belgiharflar alifbodan chiqarilgan; ya, y singari harflar kiritilgan). Bunga qadar boʻlgan oʻzgarishlar haqida faqat rus tili yozma yodgorliklarini kuzatish orqaligina hukm chiqarish mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |