Kontent qismiga oʻtish

Edvard Rtveladze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rtveladze Edvard Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)
Edvard Rtveladze
Tavalludi 1942-yil 14-may
SSSR, Gruziya SSR, Borjomi
Vafoti 10-fevral 2022-yil(2022-02-10)
(79 yoshda)
Oʻzbekiston, Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi arxeoligiya, tarix
Institutlar Toshkent davlat universiteti
Mukofotlari Beruniy nomidagi davlat mukofoti
Mehnat shuhrati ordeniGurjistonning Sharaf ordeni sohibi

Edvard Vasilyevich Rtveladze (1942-yil 14-may, SSSR, Gruziya SSR, Borjomi — 2022-yil 10-fevral, Oʻzbekiston Toshkent) — arxeolog, tarixchi olim[1]. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992).

Toshkent davlat universitetini tugatgan (1967).

1967-yildan Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning qadimiy va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, sanʼati, madaniyati tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi. Koʻpgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. Edvard Rtveladze rahbarligida Toxariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda birinchi marta Kushonlar davriga oid qadimiy shahar xarobasi toʻliq ochilganligi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Edvard Rtveladze rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bagʻishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, Amir Temur jahon tarixida, Xiva — ming gumbazli shahar, Shahrisabz, Termiz, Jaloliddin Manguberdi va boshqalar tayyorlangan.

  1. https://daryo.uz/2022/02/11/akademik-edvard-rtveladze-80-yoshida-vafot-etdi/
  2. OʻzME
  3. * Средневековые памятники Сурхандарьи (в соавторстве), T., 1983;
  • В стране золотого огня (в соавторстве), T., 1985;
  • Памятники минувших веков (в соавторстве), T., 1986;
  • Древние монеты Средней Азии, T., 1987;
  • Северная Бактрия — Тохаристан. Очерки истории и культуры (в соавторстве), T., 1990;
  • Великий шёлковый путь, T., 1999;
  • Qadimgi Oʻzbekiston sivilizatsiyasi; davlatchilik va huquqtarixidan lavhalar (hamkorlikda), T., 2001;
  • Древние и раннесредневековые монеты историко-культурных областей Узбекистана, T., 2003.