Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti
Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti — fan va texnika sohasidagi mukofot. Ayrim olim yoki olimlar guruhiga ilmfan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshadigan, yuksak amaliy ahamiyatga molik boʻlgan, respublika ilmfani va texnikasining jahon yutuklari darajasiga chiqishini taʼminlaydigan tadqiqotlar; respublika ilmiytexnika dasturlari, loyihalarini amalga oshirishda jiddiy natijalarga erishganlik; oʻz koʻrsatkichlariga koʻra eng yaxshi jahon namunalari darajasidagi yoki ulardan yuqori boʻlgan texnika, materiallar va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqqanlik, joriy etganlik va ishlab chiqarishda oʻzlashtirganlik; moddiy, tabiiy, mehnat resurslarining koʻplab tejalishini, atrof muhit muhofazasini taʼminlovchi texnologiyalarni yaratganlik va joriy etganlik; Oʻzbekistonning maʼnaviy merosi va uni rivojlantirish istiqbollarini, jamiyatning madaniy va ijtimoiy taraqqiyotini chuqur anglashga koʻmaklashadigan ijtimoiygumanitar fanlar sohasidagi alohida muhim yutuqlar; jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilgan, uch va undan ortiq marta nashr qilingan, oʻzida yangi ilmiy gʻoyalarni mujassamlashtirgan, oliy oʻquv yurtlari uchun moʻljallangan original darsliklar uchun beriladi.
Dastlab OʻzSSR Davlat mukofoti sifatida 1967-yil 6-sentabrda taʼsis etilgan. 1991-yil 5-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-fevraldagi qarori bilan taʼsis qaroriga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Mukofotga taqdim etilgan ishlarni tavsiya qilish, muhokamadan, ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish va mukofotlash bilan bogʻliq boshqa ishlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari qoʻmitasi tuzilgan.
Mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan har 3 yilda Mustaqillik bayrami arafasida beriladi. Mukofotlanganlarga Abu Rayhon Beruniy tasviri tushirilgan faxriy nishon va tegishli guvohnoma topshiriladi. 1996 yilga qadar 407 kishi shunday mukofotga sazovor boʻlgan.
1992-yilda mukofotlanganlar[1].
1996 yilgi sohiblari[2].
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1992-yil 5-may kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Rayxon Beruniy) nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini berish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotini berish to‘g‘risi”da "gi Farmoni Qaralgan sana=18.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 28-avgust kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Fan va texnika sohasida 1996 yilgi Beruniy (Abu Rayxon Beruniy) nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini berish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotini berish to‘g‘risi”da "gi Farmoni Qaralgan sana=18.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).