Rost
Rost — Oʻn ikki maqom, Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan biri. Oʻrta asr musiqa risolalarida koʻp kuy va ashulalar R. tovushqatoriga mos kelgani uchun shu nom bilan atalganligi qayd etilgan. R. maqomi miksolidiy gammaga toʻgʻri keladi. Shashmaqomda R.ning cholgʻu qismlari Tasnifi R., Garduni R., Muhammasi R., Muhammasi Ushshoq, Muhammasi Panjgoh, Saqili Islimxon, Saqili rakraklardan iborat. Ashula boʻlimida 2 guruh shoʻʼbalar boʻlib, birinchisiga Saraxbori P., Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navroʻzi Sabo, ularning taronalari va Ufari Ushshoq hamda suporish qismlari kiradi. 2 guruh shoʻʼbalari Savti Ushshoq, Savti Sabo va Savti kalon deb atalib, har birida 5 ta shoxobcha turkum tarzida ijro etiladi. R. maqomi shoʻʼbalari avjida Ushshoq, Segoh, Uzzol, Muhayyari Chorgoh namudlari va Zebo pari avji ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |