Kontent qismiga oʻtish

Roman-pamflyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pamflet (ing. pamphlet — qoʻldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy voqelik, u yoki bu toʻda hamda guruhlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy-tanqidiy publitsistik asar. Pamflet boshqa hajviy janrlardan badiiy toʻqimaning ozligi, aniq hujjatlarga, tarixiy hujjatlarga asoslanishi bilan farq qiladi. Pamfletda jamiyatdagi, turli shaxslar xarakteridagi nuqsonlar achchiq kinoya, oʻtkir sarkazm vositalari bilan fosh etiladi. Pamfletning ilk namunalari antik davrda yaratilgan Pamfletlar koʻpincha kichik xajmdagi asarlar (maqola, ocherk va boshqa tarzda) boʻlgan. Keyinchalik katta hajmdagi badiiy asarlar ham Pamflet usulida yaratildi.