Kontent qismiga oʻtish

Rok (maqom)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rok — 1) Shashmaqom tarkibidagi Buzruk maqomi ashula boʻlimining ikkinchi guruh shoʻʼbalaridan biri. R.ning 5 ta shoxobchasi bulib, ular "Rok", "Mustahzodi Rok", "Qashqarchai Rok", "Soqiynomai Rok" va "Ufari Rok" deb ataladi. Bular oʻz tuzilishi jihatidan boshqa 2guruh shoʻʼbalaridan farq qiladi. Uning "Rok" qismi murakkab chapandoz usulida, 2 qismi talqin doira usulida, 3 qismi qashqarcha usulining oʻzgargan shaklida, keyingi qismlari soqiynoma va ufar doira usullarida ijro etiladi. R.ning 1 va 2 qismlarida Uz zol namudi avj sifatida qoʻllangan. Rok yengil va shoʻx yangraydi. R. shoʻʼbasi surnayda ham chalinib, "Shodiyona" deb ataluvchi kuylar turkumining bir qismini tashkil etadi; 2) uygʻur muqomlaridan biri. Uning ohanglari Shashmaqomdagi R.dan butunlay farq qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil