Rodion Shchedrin
Rodion Konstantinovich Shchedrin (1932.16.12, Moskva) — rus kompozitori, pianinochi, musiqa jamoat arbobi. Rodion Shchedrin 1932- yilda moskvada musiqachi oilasida tugʻilgan. Otasi bastakor va musiqa nazariyasi oʻqituvchisi edi. U Moskva xor maktabida tahsil olgan va 1955-yilda Moskva konservatoriyasini kompozitsiya va fortepiano boʻyicha tahsil olgan. Uning birinchi yirik asarlari 20 yoshida yozilgan. Xalqq artisti (1981). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1955). Rossiya Kompozitorlar uyushmasi raisi (1973—90). Ijodida rus musiqa folklori („Faqat sevgi emas“ operasi, 1961; „Bukri toychoq“ baleti, 1960; „Jarang“ orkestr uchun konserti, 1968 va boshqalar), rus cherkov aytimlari („Tasvirlangan farishta“ liturgiyasi, 1991) va boshqalar ga keng murojaat qilib, ularni zamonaviy kompozitsiya texnikasi (aleatorika, sonorizm va boshqalar) bilan uygʻunlashtirgan. „Lolita“ (1993) operasi, „Karmensyuita“ (J. Bizening operasi asosida, 1967), „Anna Karenina“ (1972), „Chayka“ (1980), „Laycha yetaklagan xonim“ (1985) baletlari (hammasi M.GGʻlisetskaya uchun yaratilgan), 5 fortepiano (1954—99), 4 orkestr (1960—89), skripka, alt, violonchel, truba uchun konsertlari (1994—97), kamer va xor asarlari, kinofilmlar („Balandlik“, „NormandiyaNeman“ va boshqalar) uchun yozgan musiqalari mashhur. Yirik asarlariga ulugʻvorlik va teran fojiaviylik, shoironalik va joʻshqinlik, shoʻx yumor va oʻtkir hajviya xos. Davlat (1972), Rossiya Davlat mukofot (1992)lari laureati. Oʻzbekistonda „Karmensyuita“ va „Anna Karenina“ baletlari Navoiy teatritsa sahnalashtirilgan, konsert va kamer asarlari muntazam ijro etilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |