Kontent qismiga oʻtish

Roadster (avtomobil)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mazda MX-5 (2016-yil)
Ford Model A roadster (1931-yil)

Roadster (shuningdek, oʻrgimchak yoki spyder) – sport koʻrinishi yoki xususiyatiga urgʻu berilgan, tepa qismi ochiq ikki oʻrindiqli avtomobil[1][2]. Dastlab ob-havoga qarshi himoyalanmagan ikki oʻrindiqli avtomobillar uchun „Amerika“ atamasi qoʻllanishi xalqaro miqyosda keng tarqaldi. Keyinchalik, ikki oʻrindiqli kabrioletlarni oʻz ichiga oladigan soʻzga aylandi. Roadster 1950-1960-yillarda „Amerika Qo‘shma Shtatlari Avtoklubi“ (USAC) chempionati poygasida, shu jumladan "Indianapolis 500" da boshqariladigan poyga avtomobillari uslubi edi. Ushbu turdagi poyga avtomobili oʻrnini dvigateli orqaga oʻrnatiladigan avtomobillar egalladi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vanderbilt kubogi uchun raqobatlashayotgan dastlabki roadster

„Rodster“ atamasi XIX asrda Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan va sayohat qilish uchun mos otni tasvirlashda ishlatilgan[3][4]. Asr oxiriga kelib, bu taʼrif velosiped va uch gʻildirakli transport vositalarini oʻz ichiga olgan holda kengaytirildi[5]. 1916-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari „Avtomobil muhandislari jamiyati“ roadsterni quyidagicha taʼrifladi: „ikki yoki uchta oʻrindiqli ustki qismi ochiq avtomobil. Unda transport vositalariga chiqishda foydalaniladigan qism yoki orqa tomonida qoʻshimcha oʻrindiqlar boʻlishi mumkin“[6]. Unda bir qator oʻrindiqlarga ega boʻlganligi sababli, haydovchi va yoʻlovchi uchun asosiy oʻrindiq odatda sayohat avtomobillarida boʻlganidek, shassidan uzoqroqda joylashgan[4][7]. Roadsterlarda odatda usti yopiladigan boshqaruv paneli mavjud boʻlgan[7]. Buyuk Britaniyada tarixan „ochiq ikki oʻrindiqli“ va „ikki oʻrindiqli sayyoh“ atamalari afzal koʻrilgan[8][9]. 1950-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada „roadster“ atamasi ham tobora keng qoʻllanila boshlandi. Qayd etilishicha, keyinchalik, Morgan Roadster avtomobilining toʻrt oʻrindiqli varianti texnik jihatdan Roadster deb hisoblanmay qoʻygan.

„Oʻrgimchak“ yoki „spyder“ atamasi, baʼzan kabriolet modellari nomlarida ishlatiladi va bu atama avtomobil davridan oldin paydo boʻlgan deyiladi. XIX asrning baʼzi yengil otlar tomonidan tortiladigan foytunlar kichik tana va ingichka spitsalari boʻlgan katta yogʻoch gʻildiraklarga ega edi. Ular tashqi koʻrinishi tufayli „oʻrgimchaklar“ laqabini olgan; garchi ular oʻxshash boʻlmasa ham bu atama sport avtomobillariga oʻtkazildi[10]. 1962-yilda Chevrolet oʻzining Corvair kompaktining turbo quvvatlagichli versiyasi, kabriolet yoki kupe sifatida mavjud boʻlgan Monza Spyderni taqdim etdi. Avtomobil ikki oʻrindiqli boʻlmasa-da, u „sport avtomobili“ sifatida tasniflash uchun yangilangan suspenziya va boshqa jihozlarga ega edi.

Birinchi yirik avtomobil musobaqalari 1894-yilda Yevropada va 1895-yilda esa Qoʻshma Shtatlarda boshlangan. Eng qadimgi poyga avtomobillarining baʼzilari eng katta tezlik uchun ataylab qurilgan yoki minimal, umuman kuzovsiz yechilib tashlangan, bu esa „speedster“ deb nomlanuvchi kuzov uslubiga olib keldi. Qirqilgan speedsterning korpus uslubi 1900-yillarda shakllangan. Korpusning koʻp qismi (va qanotlari) olib tashlangach, narvon ramkali shassidagi boʻsh platformaga bir yoki ikki oʻrindiq, yonilgʻi baki va ehtiyot shinalari oʻrnatildi[11]. Amerikaning Mercer va Stutz avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari poyga va egasining haydashi uchun ataylab qurilgan, mohiyatan birinchi poyga avtomobili boʻlgan, tayyor poyga speedsterlarini taklif qila boshladilar[11].

Roadsterning bevosita oʻtmishdoshi runabout boʻlib, korpus uslubi bir qator oʻrindiqlarga va eshiklarga ega, old oyna yoki ob-havoga muhofazasi yoʻq edi. Yana bir oʻtmishdoshi sayyohlik avtomobili boʻlib, bir nechta qator oʻrindiqlardan tashqari korpus uslubi boʻyicha zamonaviy roadsterga oʻxshash boʻlgan. 1920-yillarga kelib, roadsterlar eshiklari, old oynalari, oddiy buklanadigan tepa qismi va yon pardalari boʻlgan sayohat avtomobillariga oʻxshash tarzda ishlab chiqarilgan[4]. Roadster kuzovi Ford Model T va Austin 7 kabi ommaviy ishlab chiqarilgan avtomobillardan tortib Cadillac V-16, Duesenberg Model J va Bugatti Royale kabi juda qimmat avtomobillargacha boʻlgan barcha oʻlcham va sinflardagi avtomobillarda taklif qilingan.

1970-yillarga kelib, „roadster“ sport koʻrinishi yoki xususiyatiga ega har qanday ikki oʻrindiqli avtomobillarga nisbatan qoʻllanila boshladi[12]. Bozor talabiga javoban ular kabrioletlar kabi eshiklardagi yon oynalar bilan yaxshi jihozlangan holda ishlab chiqarilgan[13].

Eng koʻp sotilgan roadster 1989-yilda taqdim etilgan Mazda MX-5 modeli hisoblanadi[14][15][16]. Minimal ob-havoga qarshi himoyaga ega boʻlgan roadsterning dastlabki uslubi hali ham bir nechta ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilmoqda, jumladan, derazasiz Morgan Roadster, eshiksiz Caterham 7 va korpussiz Ariel Atom.

IndyCar roadster tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kurtis Indy roadsteri (1957-yil)

"Roadster" atamasi 1952-yildan 1969-yilgacha AAA/USAC Championship Cars seriyasida (oʻsha paytdagi IndyCar ekvivalentlari) raqobatlashuvchi poyga avtomobillarining uslubini tasvirlash uchun ishlatilgan. Roadster dvigateli va haydash oʻqi avtomobilning markaziy chizigʻidan joy olgan. Bu haydovchiga shassida pastroq oʻtirishga imkon beradi va oval yoʻllarda foydali boʻlgan vaznni kamaytirishni osonlashtiradi[17]. Nima uchun bu turdagi poyga avtomobili „roadster“ deb atalishi haqidagi hikoyalardan biri shundayki, bir jamoa Indianapolis 500 uchun yangi avtomobil tayyorlamoqda edi. Uni doʻkonlarining bir burchagiga berkitib qoʻyishadi. Agar ulardan avtomobillari haqida soʻralsa, ular bu shunchaki ularning (issiq rod) „roadster“i ekanligini aytib, uning mohiyatini yashirishga harakat qilishadi. Indianapolis poygachisi ommaga eʼlon qilinganidan keyin ham „roadster“ nomi unga biriktirildi. Frank Kurtis poyga uchun birinchi roadsterni yaratdi va roadster 1952-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida qatnashdi. Roadsterni Bill Vukovich boshqargan, koʻp poygalarda yetakchilik qilgan va poyga paytida ruldagi nosozlik tufayli halok boʻlgan. Vukovich boshqargan Howard Keckga tegishli jamoa 1953-1954-yillardagi musobaqalarda bir xil mashina bilan gʻolib chiqqan. Vukovich yetakchilik qilayotgan davrida halok boʻlganidan keyin, 1955-yilgi Indianapolis 500 Bob Sweikert gʻolib chiqadi. A. J. Watson, George Salih va Quin Epperly boshqa taniqli roadster konstruktorlari sanaladi[18]. Watson tomonidan ishlab chiqarilgan roadsterlar 1956-yil, 1959-1964-yillarda gʻalaba qozongan, biroq 1961-yil va 1963-yildagi gʻoliblar ham aslida Watson dizaynlariga yaqin nusxalar boʻlgan. 1957-1958-yillardagi gʻolib boshqargan mashina Epperly yordami bilan Salih tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, dvigatelning oʻziga xos joylashuvi bilan „ yotqizish“ montajida qurilgan, shuning uchun, silindrlari anʼanaviy dizaynga koʻra vertikal emas, deyarli gorizontal[19]. Bu biroz pastroq massa markazi va pastki profilni berdi. Garchi, roadsterlar yangi orqa dvigatelli poyga mashinalariga nisbatan raqobatbardosh boʻlmay qolgan boʻlsa-da, 1960-yillarning oxirigacha poygalarda ishtirok etdi. Poygada toʻliq masofasini bosib oʻtgan soʻnggi roadster 1965-yilgi Indianapolis 500da Gordon Johncock tomonidan boshqarilgan va u Wienberger Homes Watson avtomobilida beshinchi oʻrinni egallagan. Poygada qatnashgan soʻnggi roadster 1968-yilgi poygada Jim Hurtubise tomonidan yasalgan va boshqarilgan, biroq, poygani erta tark etgan[20]. Baʼzi mitti roadsterlar 1970-yillarning boshlarida qurilgan va musobaqalarda qatnashgan, ammo hech qachon ustunlik qilmagan[21].

  1. Pollard, Elaine, ed (1994). "R". The Oxford Paperback Dictionary (Fourth nashri). Oxford, UK: Oxford University Press. p. 692. ISBN 0-19-280012-4. "roadster noun an open car without rear seats." 
  2. „Glossary“, Encyclopedia of American Automobiles. New York, NY USA: E. P. Dutton, 1971 — 215–217-bet. ISBN 0-525-097929. „Roadster. A two-passenger open car of sporting appearance.“ 
  3. Webster, Noah; Goodrich, Chauncey A.; Porter, Noah (1861). "Roadster". Roadster. Springfield, MA US: G. and C. Merriam. p. 959. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Haajanen, Lennart W.. Illustrated Dictionary of Automobile Body Styles, Illustrations by Bertil Nydén; foreword by Karl Ludvigsen, Jefferson, NC USA: McFarland, 2003 — 113-bet. ISBN 0-7864-1276-3. 
  5. Porter, Noah, ed (1898). "Roadster". Roadster. Springfield, MA US: G. and C. Merriam. p. 1246. 
  6. Society of Automobile Engineers, Nomenclature Division. „What's What in Automobile Bodies Officially Determined“ (pdf). Nomenclature Division, Society of Automobile Engineers (1916-yil 20-avgust). Qaraldi: 2012-yil 31-may. „Here it is, with other body types and distinctions, officially determined recently by the Nomenclature Division of the Society of Automobile Engineers:“.
  7. 7,0 7,1 Clough, Albert L.. A dictionary of automobile terms. The Horseless Age Company, 1913. Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr. 
  8. Culshaw, David; Horrobin, Peter „Appendix 5 - Coachwork styles“, . The complete catalogue of British Cars 1895 - 1975, e-book, Poundbury, Dorchester, UK: Veloce Publishing, 2013 — 480–484-bet. ISBN 978-1-845845-83-4. 
  9. „The Used Car Problem“, Garage Organization and Management. Taylor & Francis — 259–260-bet. Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr. „(for the purposes of this British publication) 'In order to avoid confusion, however, the universally understood terms "Tourer", "Coupé", "Saloon", "Limousine", etc., have been adopted, adding the American term 'Roadster' as the two-seater edition of the tourer.'“ 
  10. Silvestro, Brian „Here's Why Convertibles Are Called Spiders“. Road & Track (2018-yil 14-may).
  11. 11,0 11,1 The Cutdown Speedster – ClassicSpeedsters.com
  12. Georgano 1971, s. 216.
  13. Culshaw & Horrobin 2013, s. 482.
  14. „Mazda Produces 900,000th MX-5, Recognized as World's Best-Selling Sports Car“. www.motortrend.com. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  15. „History of the Mazda MX-5 - picture special“. www.autocar.co.uk. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  16. „25 Snapshots of the Mazda Miata Through History“. www.cheatsheet.com. 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  17. „The 10 greatest Indy roadsters in history“. www.macsmotorcitygarage.com. Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  18. „(USAC) Championship Indy Car Roadster“. www.ewarbirds.org. Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  19. „Brickyard Classic: 1958 Indy 500 – The Salih and Epperly "Laydown" Roadsters“. www.curbsideclassic.com. Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  20. „Robin Miller“. www.racer.com. Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  21. „The Don Edmunds Fully Independent Suspended Roadster Midget“. www.donedmunds.com. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.