Rizo Fozil
Rizo Fozil Emirovich | |
---|---|
Tavalludi |
30-may 1928-yil Qrim ASSR, RSFSR, Qorasubozor tumani, Barin qishlogʻi |
Vafoti |
26-noyabr 2016-yil (88 yoshda) |
Fuqaroligi | |
Kasbi | yozuvchisi, jurnalist |
Faoliyat yillari | 1964-2016 |
Mukofotlari | Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1973), Qrim avtonom respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2010) |
Rizo Fozil Emirovich (1928-yil 30-may, Qrim ASSR, RSFSR, Qorasubozor tumani, Barin qishlogʻi — 2016-yil 26-noyabr, Qrim Respublikasi, Simferopol) — Qrim tatar yozuvchisi va jurnalisti. Rizo 2008—2016-yillarda Qrim-tatar yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlgan. 1973-yilda esa u Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2010-yilda Qrim avtonom respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rizo Fozil 1928-yil 30-mayda Qrim avtonom respublikasining Qorasubozor tumani, Barin qishlogʻida dunyoga keladi.1944-yilda Qrimdan surgun qilingan qrim tatarlarining bir qismi bilan birgalikda Kostroma viloyatining Makarevskiy tumaniga koʻchiriladi. 1955-yilda Kostroma savdo bilim yurtini tamomlagan. 1959-yilda Samarqand savdosi institutining iqtisod fakultetiga oʻqishga kiradi. Oliy oʻquv yurtini tamomlagach, bir muddat Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida univermagda auditor va bosh hisobchi boʻlib ishlagan.[1]
1965—1980-yillarda Toshkent qrim-tatar “Lenin bayrogʻi” gazetasida adabiy xodim, tarjimon, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan va Qrimga qaytgan. 1980—1994-yillarda “Yildiz” (Yulduz) jurnali nashriyotida she’riyat boʻlimini boshqargan, mas’ul kotib boʻlgan.
2008-yilda Qrim-tatar yozuvchilar uyushmasini boshqargan[2]. Qrim-tatar adabiyotini ommalashtirish bilan shugʻullangan.
U 2016-yil 26-noyabr Siferopolda Kamenka mikrotumanidagi musulmonlar qabristoniga dafn etilgan.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rizo Fozil oʻzining ilk she’rlarini 1964-yilda “Lenin bayrogʻi” gazetasida chop etgan[1]. 1970-yilda uning “Navroʻz” she’riy toʻplami nomi bilan nashr etilgan. Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish bilan shugʻullangan, 1971-yilda qrim-tatar tilida “Qayda birlik – anda tirilik” (“Birlik bor joyda kuch bor”) matallar toʻplamini nashr ettirgan. 1976-yilda frontchi ayollar haqidagi “Analar yosh ekan” (“Onalar yoshlik chogʻida”) ocherklar toʻplamini nashr ettirdi. Qrim-tatar adabiyoti boʻyicha “Tuvgan edebiyat” (“Mahalliy adabiyot”) darsligi, Ashiq Umerning “Sailama Yeserler” nomli ikki jildlik “Saylanma asarlar” toʻplamini tayyorlagan. Safter Nagayev bilan birgalikda “Qrimtatar edebiyat tarixina bir nazar” (“Qrim-tatar adabiyoti tarixiga nazar”) kitobini nashr ettirdi.
Qrimda imom Abdulvoit Saxtara bilan birga “Buyurynyz duaga!” va Qur’on qrim-tatar tiliga tarjimasini qildi.[3]
Unvon va mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1973-yilda)
- Qrim avtonom respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2010-yilda)
- Qrim-tatar tilida eng yaxshi asar uchun Ashraf Shomizoda nomli mukofot (2009-yilda)
- Shoir Mustafo Javhariy asarlarini nashr etgani uchun — Qrim avtonom respublikasining adabiyot sohasidagi mukofoti (2011-yilda)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Риза Фазыл // Писатели Советского Узбекистана. Библиографический справочник, Ташкент, 1977
- ↑ Помер письменник, який пережив депортацію
- ↑ Фазыл Риза Эмирович Vechnosnami.ru
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Къырымтатар эдиплери. Симферополь. Таврия. 2000 г.
- Писатели Советского Узбекистана. Библиографический справочник, Ташкент, 1977