Kontent qismiga oʻtish

Riza Shevkiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Riza Shevkiyev
Tavalludi 15-iyul 1954-yil (1954-07-15) (70 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Ukraina
Kasbi Siyosatchi

Riza Shevkiyev1954-yil 15-iyul, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Ukrain millatiga mansub qrim-tatar siyosatchisi, Qrim-tatar xalqi majlisi deputati aʼzosi[1].

2014-yildan boshlab u „QRIM“ nomidagi (qrim tatarcha: «Кирим» FONDU» Hayriye Teskilati") notijorat, milliy-madaniy, xayriya va inson huquqlari jamgʻarmasining bosh direktori lavozimini egallagan.

Riza Shevkiyev „QRIM FOUNDATION“ jamgʻarmasiga rahbarlik qilayotgan vaqtida deportatsiya qilingan Qrim-tatar xalqi va boshqa repatriantlarni Qrimga qaytarish va ularni joylashtirish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish boʻyicha vazifalarni bajargan.

Qrim inqirozi boʻyicha pozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan Qurultoy sessiyasida Riza Sheviyev "Qurultoy va Majlis qarorlarida izchil boʻlishi kerak. „23 yil davomida biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qoʻllab-quvvatladik. Bu borada Qurultoy ham, Majlis ham koʻplab qarorlar qabul qilgan. Bundan bir qancha vaqtlar oldin biz noqonuniy referendumlarga qarshi chiqdik va uning natijalarini tan olmadik, biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi tarafdori ekanligimizni koʻrsatdik, shuning sababdan bugun biz Qurultoy va Majlisning 23 yillik siyosiy yoʻnalishiga zid keladigan qarorlar qabul qila olmaymiz. Biz milliy-hududiy muxtoriyatimizning Rossiya tarkibiga kirishi haqida emas, balki faqat Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolish haqida gapirishimiz kerak. Rossiyaning bir qismi boʻlish haqida gapirayotgan delegatlar yodda tutishlari kerakki: Agar bizning yaxlitligimizni qaysidur davlat buzsa biz qaram davlatga aylanamiz. Rossiya biz doʻst boʻlgan davlatlarning yaxlitligini buzgan xalqaro huquqni mensimaydigan tajovuzkor davlat hisoblanadi. Qrimdan Turkiyaga samolyotlar uchmaydi, hamma joyda senzura oʻrnatilgan. Biz allaqachon Rossiya maxsus xizmatlari matbuotining nishonida turibmiz. Bugun ular bizni muloyimlik bilan oʻrab olishmoqda, ertaga esa siz nima boʻlishini tasavvur ham qila olmaysiz“ [2] ohangidagi keskin soʻzlarni aytgan.