Rivyera
Qiyofa
Rivyera — Oʻrta dengizning Kann shahridan (Fransiya) Spetsiya shahri (Italiya)gacha boʻlgan kambar sohili. Fransiya Rivyerasi — Moviy qirgʻoq va Italiya Rivyerasiga boʻlinadi. Qishi yumshoq (oʻrtacha temperatura 9—12°), yozi issiq (oʻrtacha temperatura 24°). Yillik yogʻin 500–700 mm. Doim yashil subtropik oʻsimliklar oʻsadi. Tokchilik, gulchilik rivojlangan. Rivyera — Gʻarbiy Yevropaning eng yirik kurortlaridan biri. Mehmonxona, pansionat, kemping, „dam olish qishloqlari“ koʻp. Yirik kurortlari: Kann, Antib, Nitssa, Mentona, Monako, MonteKarlo, SanRemo, Imperiya, Rapallo va boshqalar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |