Reynlandpfals
Reynlandpfals — Germaniya yeri. Reyn va uning irmoqlari havzasida, Slanetsli Reyn togʻlari oraligʻida joylashgan. Fransiya, Lyuksemburg va Belgiya bilan chegaradosh. R.P. 30 avgust 1946-yilda tashkil etilgan. Maydoni 19,8 ming km². Axrlisi 4,04 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Mayns sh. Geografik oʻrnining qulayligi, hududidan yirik avtomobil, temir yoʻl va suv yoʻllari oʻtganligi hamda 3 iqtisodiy rn (ReynMayn, ReynNekkar, ReynRur)ning yaqinligi sababli R.P. iqtisodiyoti tez surʼatlarda rivojlanmoqda. Iqtisodiyoti koʻp tarmokli. R.P.da ishlab chiqariladigan mahsulotning 40% eksport qilinadi, ushbu koʻrsatkich boʻyicha GFRda 1oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan, Lyudvigsxafenda Yevropada eng yirik kimyo korxonasi ishlab turibdi. Avtomobil sanoati uchun jihozlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Keramika, oziqovqat, oynashisha, koʻnteri sanoati korxonalari bor. Vinochilik va oʻrmon sanoati markazi. Daryo vodiylarida tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilik sutgoʻsht va choʻchqachilikka ixtisoslashgan. Donli ekinlar, kartoshka, texnika ekinlari ekiladi. Katta maydonlarda oʻrmonlar saqlangan. Yirik shaharlari: Lyudvigsxafen, Mayns, Koblens, Kayzerslautern, Trir va boshqa Tarixiy shaharlarida sobor, sinagoga, cherkov, qalʼa, qasr va saroylar saqlangan. Muzeylar bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |