Resurslar kamyobligi
Resurslar kamyobligi — jamiyat hayotida ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan resurelarning cheklanganligi va tiklanmaydigan resurslarning tobora kamayib borishi. Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa boʻlib, inson ehtiyojlarining cheksizligi bilan resurelarining cheklanganligi oʻrtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir. Ekiladigan yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan boʻlishi, energiya resurelarining yetishmasligi va boshqalarda koʻrinadi. Masalan, keyingi 200 yil ichida Yer kurrasida isteʼmolchilar soni 5 marta koʻpaydi, ammo yer sathi, tabiiy boyliklar koʻpaygani yoʻq. Yer kurrasining 72% okeanlardan iborat, ammo quruqlikning talay qismida yashab boʻlmaydi. Resurslar kamyobligi hodisasi i.ch.da resurslarni tejovchi texnologiyalarni yaratishga turtki beradi, resurelar sarfining eng tejamli usullari tanlanadi, mahsulot birligini yaratish uchun ketadigan resurs sarflari qisqartiriladi, ehtiyojlarni qondirishning oqilona darajasiga amal qilinadi (qarang Ehtiyojlar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |