Regress (jarayon)
Regress — tirik tabiatda organizmlarning soddalashuvidan iborat evolyusion jarayon. Rus biologi A.N.Seversov (1925) R.ning 2 shaklini koʻrsatadi: 1) biologik R. — yashash uchun kurashda muhitning oʻzgargan tashqi sharoitlariga moslasha olmagan yoki boshqa guruhlar bilan boʻlgan raqobatga bardosh bera olmagan muayyan organizmlar guruhining evolyusion tanazzulga yuz tutishi. Biologik R.ga uchragan organizmlar soni kamayib, takson areali torayib I boradi; pirovardida guruh yoʻqolib ketadi; 2) morfofiziologik R., yaʼni umumiy degeneratsiya. Voyaga yetgan organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati soddalashuvidan iborat. Bu jarayon oʻtroq yoki parazit hayot kechirishga oʻtgan organizmlarda kuzatiladi. Morfofiziologik R.da, odatda, harakatlanish, sezgi va faol oziqlanishga yordam beradigan organlar hamda markaziy nerv sistemasi reduksiyaga uchraydi. Aksincha, organizm hayoti uchun ikkinchi darajali hisoblangan organlar, Mas, jinsiy sistema progressiv rivojlanadi. Assidiyalar oʻtroq hayot kechirishga oʻtish bilan qon aylanish va nerv sistemasi, xorda reduksiyaga uchraydi. Parazit hayot kechirishga oʻtgan oʻsimliklarda barglar yoʻqolib ketadi, ildizlar reduksiyaga uchrab, ular oʻrniga soʻrgʻichlar paydo boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |