Rebeca Nuez Suarez
Rebeca Nuez Suarez | |
---|---|
Nuez Suarez 2021-yilda | |
Tavalludi |
10-noyabr 1998-yil |
Fuqaroligi | Ispaniya |
Taʼlimi | Guildhall musiqa va drama maktabi, Qirollik musiqa kolleji |
Kasbi | Skripkachi |
Faoliyat yillari | 2008–hozirgacha |
Veb-sayti | rebecanuezsuarez.com |
Rebecca Nuez Suarez (talaffuzi: Rebekka Nues Suares; 10-noyabr 1998-yilda tugʻilgan) – klassik yoʻnalishda ijod qiluvchi ispaniyalik skripkachi[1].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuez Suarez Las Palmas de Gran Canariada musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Ilk musiqiy bilimlarni 3 yoshligida otasidan oʻrgangan va skripka saboqlarini 6 yoshidan boshlab togʻasidan oʻrganishni boshlagan. Uning togʻasi va xolasi ham professional skripkachi boʻlishgan hamda Kanar orollaridagi asosiy simfonik orkestr hisoblangan Orquesta Filarmónica de Gran Canaria filarmoniyasi aʼzolari boʻlishgan. Bundan tashqari ular Gran Canariadagi Auditorio Alfredo Kraus orkestrining ishtirokchilari boʻlishgan[2].
Nuez Suarez 7 yoshidan musiqiy mashgʻulotlarga qatnashadi va shu davrdan omma oldidagi chiqishlarini boshlaydi[3]. U 14 yoshida oʻzining ilk solo debyutini Zdzislaw Tytlak qoʻl ostidagi Joven Orquesta de Gran Canaria bilan bilgalikda namoyish qildi[4].
Boʻsh vaqtlarida Nuez Suarezning ota-onasi Kanar orollarining anʼanaviy musiqasini oʻrganuvchi turli xalqlardan iborat musiqa guruhlariga aʼzo boʻlishdi va oʻsmir yoshdagi qizini ham shunday konsertlarda qatnashishga undashdi[5].
Faoliyati va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rebecca Nuez Suarez Las Palmas de Gran Canariada yashab, oʻrta va yuqori maktabda oʻqiyotgan paytida togʻasining qoʻl ostida de la Orquestra Filarmónica de Gran Canaria akademiyasida skripka chalishni oʻrgandi[3].
Nuez Suarez 17 yoshga toʻlganida Niderlandiyaga koʻchib oʻtadi hamda oʻz oʻqishini Rotterdamdagi Codarts san'at universitetida sovet pedagogi Natasha Morozova qoʻl ostida davom ettiradi. Keyinroq u Maastricht konservatoriyasiga kiradi va u yerni bitirib, bakalavr diplomini oladi[4]. 2019-yilda Nuez Suarez oʻqishini davom ettirish uchun Londonga boradi hamda Qirollik musiqa kollejining bitiruvchisi boʻladi[6].
2017-yil may oyida Nuez Suarez har yili oʻtkaziladigan Cannes kinofestivalining 70-marosimi doirasida tashkil etilgan Cinémoi xayriya konsertiga taklif etiladi[7][8]. Nuez Suarez Germaniya, Xitoy, Chexiya Respublikasi, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Niderlandiya kabi bir qator mamlakatlarda konsert bergan.
Nuez Suarez zamonaviy klassik musiqaga va hozir faoliyat olib borayotgan bastakorlar bilan hamkorlik qilishga qiziqishini aytib oʻtgan[5]. 2018-yilda uning ispan bastakori Laura Veganing skripka uchun yaratilgan yakkaxon „Alone“ asari butun dunyo boʻylab raqamli ravishda taqdim etildi[9] .
2018-yilda Yevropada yosh solistlarni qoʻllab-quvvatlovchi „Young Classicals“ notijorat madaniy platformasi Nuez Suarez bilan hamkorlikda Eugene Ysaÿe va Maurice Ravel asarlarini taqdim etadi[10].
2019-yil may oyida Nuez Suarez La Caixa Banking Foundation Fellowship dasturi tomonidan Qirollik musiqa kollejini bitirishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida taqdim etilgan stipendiya bilan taqdirlanadi[11][12].
2019-yilning noyabr oyida Nuez Suarez Eugene Ysaÿening Les Furies deb nomlangan 2-Violin Sonatasining toʻrtinchi qismida chiqishi kutilayotgan „The Furies“ musiqiy videosini chiqardi[13]. „The Furies“ ispaniyalik sanʼatkorning dunyodagi yetakchi musiqiy video va koʻngilochar platforma boʻlgan Vevoda namoyish etilgan birinchi klassik musiqiy videosi boʻldi[14]. Nuez Suarez ushbu platformaga videosi joylangan birinchi ispan klassik musiqachisi sifatida tarixga kirdi[15][16].
2020-yil sentyabr oyida Nuez Suarez Guiddhall musiqa va drama maktabida oʻzining doktorlik darajasini boshladi[17]. 2021-yildan u Lids universitetining musiqa maktabidagi doktorlik dasturiga qoʻshiladi[18].
2016-yilning dekabrida Nuez Suarez britaniyalik rejissyor Brian Skeet tomonidan ishlab chiqilayotgan „The Spanish Version“ filmiga kichik rol ijro etish uchun taklif etiladi. Biroq, Skeetning sogʻligʻidagi muammosi tufayli suratga olish ishlari yakuniga yetmay qoladi va koʻp oʻtmay butunlay toʻxtatiladi[19].
70-Cannes kinofestivalida Skeet Nuez Suarez haqida shunday deydi: „Men uning musiqaga boʻlgan ishtiyoqini kino sohasida ham namoyish eta olishiga ishonaman. […] Biz yangi inteʼdodlar va yangi chehralarni kashf etganimizdan mamnunmiz va aytishim mumkinki, men bu yosh sanʼatkordan boshqa hech kimdan bunchalik mamnun boʻlmagan edim“[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „El Aula Alfredo Kraus organiza un concierto de violín y piano en el Paraninfo universitario“ (es). ULPGC - Universidad de Las Palmas de Gran Canaria (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ „La Fundación Orquesta Filarmónica de Gran Canaria presenta la 28 Semana Santa Musical Gran Canaria“ (es). Canariasnoticias.es (2017-yil 28-mart). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 icruceros „Rebeca Nuez Suárez“ (es). Revista digital gratuita de Cruceros, cine y viajes (2020-yil 3-sentyabr). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Concierto de Rebeca Nuez Suarez y Sergio A. Alonso, Conciertos en Las Palmas de Gran Canaria – Ocio en La Provincia“. Ocio.laprovincia.es. 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 „Cabildo de Gran Canarias. Area de Cultura (2004) Memoria de Actividades“. Mdc.ulpgc.es. 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyul.
- ↑ Rodríguez, Belkys. „Rebeca Nuez Suarez: historia de una virtuosa del violín.“. L&B Actual (2020-yil 4-may). Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ 7,0 7,1 „Cinemoi Magazine, 2017 Special Edition“. Cinemoimedia.com.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Violinist Rebeca Nuez to Perform at the Global Short Film Awards Gala in Cannes“ (en-US). Couture Fashion Week (2017-yil 19-aprel). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ „Rebeca Nuez: de Canarias a Maastricht“ (es-ES). Canarias7.es (2018-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ Classicals, Young „Violin Sonata no. 2 – Young Classicals“ (en-US). 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ „"la Caixa" Banking Foundation SCHOLARSHIPS“. Unescochairutad.wordpress.com (2018-yil 26-iyun).
- ↑ „Estudios de posgrado en universidades europeas : Resultados del proceso de selección“ (PDF). Obrasociallacaixa.org (2019-yil 21-may). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Rebeca Nuez Suarez - The Furies (inglizcha), qaraldi: 2019-12-16
- ↑ „Vevo“ (en-US). Vevo. Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
- ↑ „Rebeca Nuez Suarez, primera española en protagonizar un vídeo de música clásica en Vevo“ (es). Melómano Digital - La revista online de música clásica (2019-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
- ↑ Canaria, Canarias7 / Las Palmas de Gran „La canaria Rebeca Nuez protagoniza el primer vídeo español de música clásica en Vevo“ (es-ES). www.canarias7.es (2019-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
- ↑ „Rebeca Nuez Suárez, de Arucas a Londres por amor a la música - Infonortedigital.com“ (es-es). www.infonortedigital.com. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
- ↑ 2022-11-25T12:24:00+00:00 „The Strad - How creativity and academic research can feed curiosity in musicians: Violinist Rebeca Nuez Suárez“ (en). The Strad. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „Rebeca Nuez Kills It At Cannes!“ (en-US). Thehollywoodtimes.today. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.