Reaktor
Reaktor (re... va lot. actor — harakatga keltiruvchi) — 1) elektr R. — qisqa tutashuv tokini cheklash va tarmoqda qisqa tutashuv sodir boʻlganda taqsimlash qurilmalari shinalarida yetarlicha kuchlanishni tutib turuvchi yuqori voltli elektr apparati. Induktivlik gʻaltagiga oʻxshash yasaladi. Elektr uzatuvchi liniyaning sigʻim oʻtkazuvchanligini kompensatsiyalaydigan shuntlovchi R., qisqa tutashish tokini cheklaydigan tok cheklovchi R., yerga ulash sigʻim toklarini kompensatsiyalaydigan, yerga ulanadigan, yey soʻndiruvchi R. larga boʻlinadi; 2) kimyoviy R. — kimyoviy reaksiyalar oʻtkaziladigan apparat. Alomatlariga koʻra, gomogen tizimlar va geterogen tizimlarda oʻtkaziladigan reaksiyalar uchun past, oʻrtacha va yuqori bosimli xillarga boʻlinadi. Sanoatda kolonka, kamera, avtoklav va boshqa nomlar bilan ataladi; 3) biologik R. (fermentyor) — mikroorganizmlarni ozuqa muhitida va xoli sharoitda koʻpaytirib turli biologik mahsulotlar olishga moʻljallangan apparat. Davriy va uzluksiz oʻstirish, aerob (aeratsiya uchun havo berib turiladigan) va anaerob oʻstirish xillariga boʻlinadi; 4) yadro R.i — boshkariladigan zanjir reaksiyasi — atom yadrolarining parchalanish reaksiyasi sodir boʻladigan qurilma. Birinchi yadro R. AQSH da (1942), keyin SSSRda (1946) ishga tushirilgan (yana qarang Atom reaktori).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |