Rasul Nosirov
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Rasul Nosirov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1896-yil Qoʻqon shahri |
Vafoti | 1938-yil |
Rasul Nosirov (1902—1938) — davlat va jamoat arbobi. Rasul Nosirov 1902-yil Qoʻqon shahrida tavallud topgan. Samarqanddagi markaziy partiya maktabini tamomlab, partiya va sovet idoralarida mehnat qiladi. 1935-yil Qoʻqonda ishchi fakulteti direktori, „Yangi Fargʻona“ gazetasi muharriri sifatida faoliyat olib boradi. Soʻng Fargʻona shahar qoʻmitasi madaniyat boshqarmasi mudiri sifatida ish olib boradi. 1937-yil 13-oktyabr kuni Rasul Nosirov qamoqqa olinadi. 1937-yil avgust konfirensiyada oʻqituvchi Mansurovning yonini olgan, millatchi, sovet siyosatiga qarshi S.Mirzajonovning odami degan ayblar taqaladi. Hatto 15-oktabr kuni jismoniy kuch ishlatish yoʻli bilan OʻzSSR IIXK Apresyan nomiga aybdorligi eʼtirof etilgan ariza yozdirladi[1]. 1937-yil 20-oktyabr kuni soʻroqda R.Nosirov oʻzining 1937-yil iyunda S.Mirzajonov tomonidan aksinqilobiy tashkilotiga tortirganligini majburan tan oladi. Shundan keyingina Rasul Nosirov aksinqilobiy targʻibotda ayblab, OʻzSSR JKning 66-moddasi 1-bandi bilan aybdor deb qaror chiqariladi. 1937-yil 23-oktyabr kuni allaqachon qamoqqa olingan R.Nosirovni qamoqqa olishga order beriladi. 1937-yil 2-noyabr kuni Sobir Mirzajonov bilan yuzlashtirish „muvaffaqiyatli“ oʻtkaziladi. 1937-yil dekabrda oʻz ishini koʻrsatishda R.Nosirov boshqa qoʻshimcha yoʻq, roziman, ishni yopinglar deb imzo chekadi. 1937-yil 16-dekabrda Apresyan tomonidan imzolanadi, unga hech bir dalillar koʻrsatmagani holda OʻzSSR JKning 58, 64, 63, 67- moddalarini qoʻllaydilar. 1938-yil 4-oktabr kuni Oliy sud qaroriri bilan unga oliy jazo tayinlanadi va shu kunning oʻzidayoq otib tashlanadi. 1958-yil 12-aprel SSSR Oliy sudi Harbiy kollegyasi qarori bilan Rasul Nosirov oqlanadi[2].