Kontent qismiga oʻtish

Rasul Hodizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rasul Hodizoda
Tavalludi 6-mart, 1928-yil
Vafoti 4-aprel, 2010-yil
Dushanbe shahri, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Rasul Hodizoda (1928-yil 6-mart, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2010-yil 4-aprel, Dushanbe shahri, Tojikiston) – adabiyotshunos, yozuvchi, tarjimon. Tojikiston SSR yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Rasul Hodizoda 1928-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1940-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini bitirgan[1]. 1944-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlaydi. 1950-yilda esa Oʻzbekiston davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Rasul Hodizoda 1945-yildan 1950-yilgacha Tojikiston davlat radio qoʻmitasida kotib hamda muharrir sifatida faoliyat yuritgan. U 1950-yildan 1954-yilgacha „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida adabiyot va madaniyat boʻlimi mudiri lavozmida ishlagan. Rasul Hodizoda 1990-yildan 1953-yilgacha Tojikiston davlat universitetining aspirantura taʼlim bosqichida tahsil olgan. 1954-yilda „19-asrning 2-yarmida tojik adabiyotining rivojlanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1967-yilda Tojikiston fanlar akademiyasida katta ilmiy xodim sifatida ishlagan.

Rasul Hodizoda 2010-yil 4-aprelda Tojikistonning Dushanbe shahrida vafot etgan[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1954-yil – „19-asrning ikkinchi yarmida tojik adabiyotining rivojlanish bosqichlari“
  • 1956-yil – „19-asrning ikkinchi yarmida tojik adabiyotining tarixiy manbalari“
  • „17-19-asrlarda tojik va fors adabiyotining oʻxshashliklari“
  • 1966-yil – „Kalila va Dimna“ asarini tojik tiliga tarjima qilgan.
  • 1976-yil – „Ahmad Donish ijodiyotining ahamiyati“
  • 1984-yil – „Rudakiy va uning zamondoshlari“
  • 1980-yil – „Lochinning parvozi“ asarini yozib tugatgan.
  • 1983-yil – „Kechadagi yulduz“ romanini chop ettirgan[3].
  • 2004-yil – „Samarqandnoma“ asarini yozib tugatgan.

Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ mukofoti sohibiga aylangan. 1999-yil „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan. Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. 1999-yil „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan. Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ mukofoti bilan taqdirlangan. 1999-yilda esa „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan.