Raqamli qalʼa
Asl nomi | inglizcha: Digital Fortress |
---|---|
Muallif(lar) | Den Braun |
Muharrir(lar) |
M. A. Nurmuhamedova E. E. Asanov |
Tarjimon(lar) | Orifa Gʻulomova |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman, detektiv |
Nashr etilgan sanasi | 1998-yil |
Nashriyot | «Nihol» |
ISBN | ISBN 978-9943-23-148-1 |
Raqamli qalʼa (inglizcha: Digital Fortress) — amerikalik yozuvchi Dan Brownning romani. Asar milliy xavfsizlik agentligi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng yaxshi kriptografi Syuzan Fletcherning nomaʼlum xavfli shaxsga qarshi turishi haqida. Bunda AQSHning barcha maxfiy maʼlumotlari xavf ostida qolgan boʻladi.
Sujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektron maʼlumotlarni himoyalash uchun dekodlanmaydigan shifr yaratgan sobiq milliy xavfsizlik agentligi (MXA) xodimi oʻldirib ketiladi. MXAning super kompyuteri Transxabar "raqamli qalʼa" dasturi bilan yaratilgan shifrlangan bu kodni ocha olmaydi. Aslida esa "raqamli qalʼa" dasturi mavjud boʻlmaydi, shifr esa yashirin xabar emas, transxabarni buzadigan virus boʻlib chiqadi. Bu virusni oʻzining ishdan boʻshatilishi, ona yurti (Yaponiya)ning Amerika tomonidan atom bombalari bilan 1945-yilda bombardimon qilinishi va odamlarni yoppasiga kuzatish rejimini barbod qilish maqsadida MXA sobiq xodimi Enzay Tankado yaratgan edi. Roman oxirida xodimlar virusni xavfsizlantirishadi. Transxabarning borligi sir saqlanib qolinsada, oʻzi yoʻq qilinadi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syuzan Fletcher — bosh qahramon, MXA bosh kriptografi
Devid Bekker — Zamonaviy tillar boʻyicha professor, Syuzanning qayligʻi
Enzay Tankado — Raqamli qalʼa dasturi yaratuvchisi, MXA sobiq xodimi
Komandor Trever Stratmor — MXA operatsiyalar boʻlimi direktori
Liland Fonteyn — MXA direktori
Jabba — MXA xavfsizlik tizimi direktor oʻrinbosari
Soshi Kuta — Jabbaning bosh texnigi va assistenti
Fil Chartrukian — MXA texnigi
Greg Heyl — MXA kriptografi
Halohot — Stratmor tomonidan kodni olish uchun yollangan qotil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]