Kontent qismiga oʻtish

Rahmatullo yusuf oʻgʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rahmatullo yusuf oʻgʻli (1917.10.3, Samarqand viloyati Nurota tumani – 1987) – oʻzbek xalq dostonchisi.

Kurgʻon dostonchilik maktabi vakili. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli va Poʻlkan Muhammad Jomrot oʻgʻlining shogirdi. Undan „Tohir va Zuxra“, „Sumanbar“, „Zevarxon“, „Varqa va Gulshoh“, „Rustamxon“, „Alpomish“ va boshqa 20 dan ortiq dostonlar, termalar, oʻzi ijod etgan sheʼrlar yozib olingan, baʼzilarini oʻzi xatga tushirgan. Ular Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Dostonlari „Oʻzbek xalq ijodi“ turkumida nashr etilgan (1974).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil