Rahim Inogʻomov
Rahim Oxunjonovich Inogʻomov (1902 – Toshkent – 1938.5.10) – Oʻzbekistonda mustabid sovet rejimiga qarshi kurashgan milliy rahbar xodimlardan biri. Oʻzbekiston maorif xalq ko-missari (1925—26), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK matbuot boʻlimi mudiri (1926). I. „Oʻzbekiston ziyolilari“ (1926) risolasida oʻzbek xalqi bolsheviklar amalga oshirgan oktabr toʻntarishiga nisbatan noxush munosabatda boʻlganligini koʻrsatgan edi. Oʻzbekiston yozuvchilarining Samarqanddagi „Qizil qalam“ jamiyati faoliyatiga dastlab rahbarlik qilgan, „Milliy Istiklol“ tashkiloti aʼzosi. U oʻzining maqola va nutqlarida Oʻzbekiston Kompartiyasini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash-mayotganliqda, VKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻrta Osiyo Iqtisodiy ken-gashi kabi markazning nazoratchi organlarini zoʻravonlikda ayblagan. Biroq Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻzbekiston Kompartiyam MK I. va uning ta-rafdorlarini partiyaga qarshi „inogʻomovchilik guruhi“ tuzishda qoralab ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashkilotini oyoqqa turgʻazdi. 1926-yil 12 dekabrda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK Ijroiya byurosi va plenumida, 1927-yil yanvarda Oʻrta Osiyo byurosida bu masala maxsus koʻrilib, „inogʻomovchilik – mayda burjua va millatchilik tomonga ogʻish“, deb qoralandi. 1926-yil dekabrda I. oʻz vazifasidan olib tashlandi. Oʻzbekiston Kompartiyasining 3 sʼyezdi (1927-yil, noyabr) I.ni „gʻoyaviy jihatdan tor-mor qilin-di“, deb hisoblab uni Qashqadaryoning eng chekka qishlogʻiga ishlash uchun joʻnatdi. 1930-yil 30 mayda „Kizil Oʻzbekistan“ va „Pravda Vostoka“ gazetalarida I.ning ochiq xati uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi. Inogʻo-movchilikni Validiy (1880—1970) va Mustafo Choʻqay (1890—1941) oʻzbek kommunistlarining markazning mintaqadagi xoʻjayini – Urta Osiyo byurosiga qarshi dadil chiqishi, deb baholashgan edi. Mustafo Choʻqay unga Parijda chikayotgan „Yosh Turkiston“ („Yas Turkistan“) majmuasida ishtirok etishni taklif qiladi. 30-yillarning oʻrtalarida I. Moskvada yashaydi. Moskva elektr zavodida, shuningdek, Butunittifoq MIKda tarjimon boʻlib ishlaydi. U Krim ASSRning Alushta sh.da davolanayotgan payt – 1937-yil 25 avgustda qamoqqa olindi va sovet rejimi tomonidan 1938-yil 5 oktabrda Toshkentda otib tashlandi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbekiston tarixi (1917— 1991 i.), T., 2001.
Qahramon Rajabov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |