Rəsul Rza
Rasul mirzo (taxallusi; asl ism-sharifi Rasul Ibrohim oʻgʻli Rzayev) [1910.6 (19).5, Geokchey sh. — 1981, Boku] — Ozarbayjon xalq shoiri (1960). Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1980). Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938—1939), Ozarbayjon Kinematografiya vaziri (1945—1949), Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi bosh muharriri (1965—1975). „Germaniya“, „Karmen“, „Tuxta, jallodlar!“ sheʼrlarida xalqning fashizmga, mustamlakachilikka qarshi kurashi aks etgan. „Oʻlmas qahramonlar“, „Baxtiyor“ (1942), „Gʻazab va sevgi“ (1943), „Davomli aks sado“ (1970), „Shamolga karshi“ (1978) sheʼr va dostonlar tuplami, „Layli va Majnun“ (1973) dostoni, „Vafo“ (1943), „Ogʻalar“ (1956), „Qonun“ (1963) kabi pyesa va ocherklar muallifi.[1]
Gallery
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Bokuda pochta markasi
-
Ozarbayjon shoirlari Rasul Rizo va Nigar Refibeyli Bokuda yashab binosiga toshma
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |