Quvasoysement aksiyadorlik jamiyati
"QUVASOYSEMENT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — qurilish materiallari sanoati korxonasi. "Oʻzqurilishmateriallari" uyushmasi tarkibiga kiradi. Fargʻona viloyati Quvasoy shahrida. Qurilish va sanoat industriyasida ishlatiladigan sulfatga chidamli M-400E0, M-400SH0, M-500 portlandsementi, tamponaj portlandsementi, mineral qoʻshimchali suvbardosh portlandsement, oltin qazib olish sanoatida ishlatiladigan yanchilgan ohak, keramika cherepitsalari, olovbardosh gʻisht, shifer, qurilish gipsi va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1927-yilda sement zavodi sifatida qurila boshlanib, 1932-yil 1 fevral da ishga tushirilgan. 3-d ishga tushgan yili 43 ming t sement ishlab chiqarilgan. 1956—61 yillarda korxona rekonstruksiya qilindi. 1959-yil i sement ishlab chiqaradigan va aylanma pechi uz. 150 m boʻlgan 2 ta yangi texnologik liniya qurilib, ishga tushirildi. 1958-yilda ohak zavodi, shifer korxonasi bilan birlashtirilib Quvasoy sement kombinatiga aylantirildi. 1974—76 yillarda eski shifer qoliplash mashinalari oʻrniga yangi avtomatik liniyalar oʻrnatildi.1995-yil avgustdan aksiya-dorlik jamiyati. 1996— 2001-yillarda korxona sexlarida zamonaviy texnologiyalar oʻrnatildi. Klinkerni kuydirishning jami jarayonlari kompyuterlar orqali nazorat qilinadi va boshqariladi.
Lagan ohaktosh koni oʻzlashtirildi. 1998-yilda ishlangan rudalardan oltin ajratib oladigan "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika koʻshma korxonasi ehtiyojlari uchun hamda Respublika issiklik elektr markazlarida suvning qattiqligini yoʻqotadigan tuyilgan ohak ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Mahsulotlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga eksport qilinadi. Mahsulotlari jahon standartlari darajasida boʻlgani uchun Madrid (1994), Jeneva (1999), Frankfurtmayn (2004) koʻrik tanlovlarida "Sifat uchun oltin yulduz" bilan mukofotlangan. 2004-yil korxonada 860,7 ming t turli markadagi sement, 28,7 ming t ohak, 4552 t maydalangan ohak, 7083 t qurilish gipsi, 150,2 ming dona shartli shifer taxtalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Shuhrat Tojiboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |