Qutlugʻ Basharov
Qutlugʻ Basharov (1925.31.12, hozirgi Olmaota viloyati Malaaksu qishlogʻi — 01.2004) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1975). Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1952 — 56), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1982). Asosan linogravyura, litografiya, akvarel usuli da ishlangan dastgoh va kitob grafikasi asarlari bilan tanilgan. B. asarlarida bezatilayotgan asar, badiiy asar harakternoʻy ochib berishga institutiladi, obrazlar ruhiyatini chuqur sritadi. Dastgoh grafikasiga mansub triptixlari, avtolitografiya turkumlari flomaster bilan qogʻozga ish-lagan "Oʻzbekiston musiqasi va raqslari" turkumi (1973), portretlar ("Alisher Navoiy", 1968; "Abu Rayhon Beruniy", 1972; "Akmal Ikromov" va boshqalar), rangli gravyura turkumlari ("Insonga tinchlik kerak", 1983; "Sharq ayollari", 1984)bor. Rangtasvirda ham samarali ijod qildi: "Navoiyning hayoti va ijodi (1995), Amir Temur 660 yilligiga moybuyoq asarlari turkumlari ("Amir Temur lashkarboshi", "Amir Temur portreti" va boshqa, 1996) va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |