Kontent qismiga oʻtish

Quroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quroq — mayda boʻlaklardan ulab, toʻplab bezak yaratish; shu usulda yasalgan bezak, buyum ham Quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Amaliy sanʼatda keng tarqalgan; mas, koʻrpa, koʻrpacha, choyshab, soʻza-na, dasturxon, gilam va boshqa jihozlar qadimdan shu usulda tayyorlanib ajo-yib sanʼat namunalari yaratiladi.