Kontent qismiga oʻtish

Akustika

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qurilish akustikasidan yoʻnaltirildi)

Akustika (qadimgi yunoncha: „akustikos“ — eshitaman) — fizikaning tovush hodisalarini, yaʼni jismda mexanik toʻlqinlarning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan boʻlimi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. XVII asrga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bogʻlanish borligi aniqlandi. Galiley va fransuz fizigi Mersenn (1588-1648) tovush toʻlqinining havoda tarqalishini ilmiy tushuntirdilar va tovush tezligini oʻlchadilar. Torrichelli vakuumda (havosiz joyda) tovush tarqalmasligini isbot qildi. Reley akustikaning nazariy asoschisi boʻldi; uning „Tovush nazariyasi“ (1877) kitobi bosilib chiqdi. Akustika quyidagi sohalarga boʻlinadi:

  • umumiy akustika,
  • fiziologik akustika,
  • elektr akustika,
  • meʼmoriy akustika
  • qurilish akustikasi,
  • musiqa akustikasi;
  • gidroakustika,
  • atmosfera akustikasi
  • harbiy akustika.

Umumiy akustika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy akustika tovushning paydo boʻlishi va tarqalishini hamda akustik oʻlchash usullarini oʻrganadi. Tovush qisqa vaqt davom etadigan hodisa, uni energiya bilan taʼminlab turibgina uzoq davom ettirish mumkin. Tovush hosil boʻlishi uchun tebranish davom etishi kerak (avtotebranish). Tebranish tebranish amplitudasi, soni, davri, tebranish shakli bilan, tovush toʻlqini toʻlqin uzunligi, toʻlqinlar 282tarqalish tezligi, toʻlqin energiyasi bilan ifodalanadi.

Fiziologik akustika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fiziologik akustika tovushning eshitilishi, organizmga taʼsiri va hokazo bilan shugʻullanadi. Bunday akustikaning asosiy tushunchalarini Om va Gelmgols yaratgan.

Elektr akustika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektr akustika tovush energiyasining elektr energiyasiga, elektr energiyasining tovush energiyasiga aylanishi, to-vush yozib olish, bino akustikasi va ultrato-vush texnikasi bilan shugʻullanadi. Nemis ixtirochisi F. Reys telefon (1861) va ingliz ixtirochisi A. G. Bell (1876) mikrofon ixtiro qilganlaridan soʻng tele-graf aloqasi amalga oshirildi. 1900-yil tovushli kino vujudga keldi. 1925-yildan tovush yozib olishning elektr akustika usu-li joriy qilindi. Elektron lampalar ixtiro qilingandan soʻng elektr akustika tez taraqqiy etdi.

Meʼmoriy akustika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meʼmoriy akustika va qurilish akustikasi binoning hamma joyida tovush va musiqaning yaxshi eshitilishini taʼ-minlash, tashqi shovqinni kamaytirish masalalari bilan shugʻullanadi.

Qurilish akustikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish akustikasida reverberatsiyani amerikalik olim U. Sebin (Sabine) tadqiq qilgan va qurilish materiallarining tovush oʻtkazish parametrlarini aniqlagan.

Musiqa akustikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqa akustikasi musiqa hodisalari (to-vush, tovushqator, hamohanglik, musiqa tizimlari va boshqalar)ning ob’ektiv fi-zik qonuniyatlarini oʻrganib, ularga musiqani idrok etish jarayoni nuqtai nazaridan yondashadi.

Atmosfera akustikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atmosfera akustikasi va gidroakustika tovushning bir jin-sli boʻlmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini oʻrganadi. Dengiz bir jinsli boʻlmagan muhit, unda tovush toʻlqinlari buriladi, yutiladi va sochiladi, bu uzoq, masofadagi kemaning turgan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar atmos-feraga ham tegishlidir.

Harbiy akustika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harbiy akustika tovush tezligini bilgan holda dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlarning uchish yoʻnalishini, kuzatish pun-ktidan uzoqligini va hokazoni aniqlash bilan shugʻullanadi. Tovush tutish — radio-lokatsiya, tovush eshitish — pelengatsiya harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik mi-nalar ultratovush bilan boshqariladi[1].

  1. "Akustika" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Isakovich M. A., Obhaya akustika, M., 1973;
  • Xayasaka Tetsuo, Elektroakustika, per.s yapon. I. I. Ivanchika, M., 1982;
  • Pavlovskaya V. I. i dr., Akustika i elek-troakusticheskaya apparatura, M., 1986.