Kontent qismiga oʻtish

Qulijon Abduhakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qulijon Abduhakimov (1876-yil - 1968-yil, Buxoro) — rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan oʻrgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat koʻrsatgan. Abduhakimov yasagan badiiy buyumlar Oʻrta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va feruza koʻzli zulfin diqqatga sazovordir[1].

  1. "Abduhakimov Qulijon" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil