Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
| |||
Madhiya: |
"Kʼizil asker marshi" (Qizil armiya yurishi) | ||
---|---|---|---|
Tarkibida |
SSSR (1922—1945) Ukraina SSR USSR (1991) Ukraina (1991—1992) | ||
Maʼmuriy markazi | Simferopol | ||
Asos solingan sanasi | 18-oktyabr 1921-yil | ||
Bekor qilingan sanasi | 12-fevral 1991-yil | ||
Maydoni | 26 860 km km² | ||
Xaritada | |||
Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (qrim tatarcha: Qrьm Avtonomjalь Sovet Sotsialist Respuвlikasь; Кърым Автономиялы Совет Социалист Республикасы[1]) — Qrim yarimoroli hududida joylashgan, 1921-yil 18-oktyabrdan 1991-yil 12 fevralgacha[2] mavjud boʻlgan avtonom respublika. Qrim ASSR 1921-yil 18-oktyabrda RSFSR[3] tarkibida tashkil topgan. Keyinroq esa 1936-yilgi SSSR va RSFSR hamda 1937-yilgi Qrim ASSR konstitutsiyalariga koʻra Qrim Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, deya oʻzgartirilgan.
Respublika aholisi tarkibining asosini ruslar, qrim-tatarlar, ukrainlar tashkil qiladi. Olmonlar, yahudiylar, yunonlar, armanlar kabi xalqlar soni esa sezilarli darajada boʻlgan. 1932-yilda maydoni 25,9 ming kvadrat metrni tashkil etgan. Kichik Sovet Ensiklopediyasida Qrim tatarlari va qaraimlari Qrim ASSRning tub xalqlari sifatida tasniflanishgan[4].
Ushbu avtonom respublika 1945-yilning 30-iyunida Qrim viloyatiga aylantirilgan. 1954-yil 26-aprelda esa Ukraina SSR tarkibiga oʻtkazilgan. 1991-yilning 12-fevral sanasida Ukraina SSR tarkibida avtonomiya sifatida qayta tiklangan (1991-yil 24-avgustdan mustaqil Ukraina davlati)[2]. 1992-yil 26-fevralda hududning rasmiy nomi Qrim Respublikasi deya 1994-yil 21-sentyabrda esa Qrim Avtonom Respublikasiga qayta oʻzgartirilgan[5][6][7].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Respublika ijroiya qoʻmitasi tarkibida 1921-yilning may—avgust oylarida Bolsheviklarning Butunittifoq kommunistik partiyasi markaziy komiteti, Butunrossiya markaziy ijroiya qoʻmitasi hamda RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Qrim ishlari boʻyicha vakolatli komissiyasi tomonidan tayinlangan Shaymardon Ibragimov (rais), SSSR Sog'liqni saqlash xalq komissariatidan Pavel Dauge va Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligidan Margarita Fofanova kabi shaxslar faoliyat yuritishgan. Ushbu komissiyaning maqsadi Qrim ASSR tashkil etilishidan oldin yarimorol va unda yashovchi aholining urushdan keyingi barcha muammolariga oydinlik kiritish boʻlgan.
RSFSR tarkibida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida SSSR milliy respublikalari markaziy hukumati va mahalliy aholi oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni yumshatishga qaratilgan mahalliylashtirish gʻoyasi keng tarqalgan. Mahalliylashtirish milliy ozchiliklar vakillarini oʻqitish va rahbarlik lavozimlariga koʻtarish, milliy-hududiy muxtoriyatlarni yaratish, ish faoliyatini yuritishda, taʼlim tizimida milliy ozchilikning tillarini joriy etishda va mahalliy ommaviy axborot vositalarida nashrlarni ragʻbatlantirishda namoyon boʻlgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1931-yilgi sarhisobga koʻra aholi soni 793,7 ming kishini (l, shu jumladan shahar aholisi kurort zonalari aholisi bilan birga) tashkil qilgan. 1926-yilda 714,1 ming kishi (shundan 330,5 ming shahar aholisi) boʻlgan. 1932-yilda Simferopol aholisi 90,125 kishini oʻz bagʻriga sigʻdirgan.
Aholi zichligi har 1 km² uchun 30,7 nafar kishi. Qishloq zonalarida esa bu koʻrsatgich 1 km² uchun 16,5 kishini tashkil etgan.
1939-yilda Qrim ASSR aholisi, aholini roʻyxatga olishning dastlabki natijalariga koʻra, 1 million 126 ming kishi tashkil etgan Shundan 49.6%i ruslar, 19.4%i qrim-tatarlar, 13.7% ukrainlar, 5.8% yahudiylar, 4.6% nemislar hisobiga toʻgʻri keladi[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ V 1930-e godi aktivno provodilas politika zameni traditsionnoy obщestvenno-politicheskoy leksiki krimskotatarskogo yazika, osnovannoy na slovax arabskogo proisxojdeniya, na tak nazivaemie internatsionalizmi. Tak, arabizmi shura, muxtariet, djumxuriet bili zameneni na sovet, avtonomiya, respublika sootvetstvenno. Takim obrazom ofitsialnoe nazvanie respubliki na krimskotatarskom yazike v nachale 1920-x zvuchalo Kʼrim Muxtar Sosialist Shuralar Djumxurieti, a k konsu 1930-x prevratilos v Kʼrim Avtonomiyali Sovet Sotsialist Respublikasi. V 1990-e godi proizoshyol vozvrat k traditsionnoy terminologii.
- ↑ 2,0 2,1 „Про введення в дію Закону Української РСР «Про відновлення Кримської Автономної Радянської Соціалістичної Республіки» та про поповнення складу Верховної Ради Кримської АРСР“. 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
- ↑ „Декрет ВЦИК и СНК от 18.10.1921 «Об Автономной Крымской Советской Социалистической Республике»“. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
- ↑ MSE, vtoroe izdanie, 1937 g., t.5, 1012
- ↑ „Закон Крымской АССР от 26 февраля 1992 года № 19-1 «О Республике Крым как официальном названии демократического государства Крым»“. Ведомости Верховного Совета Крыма, 1992 г., № 5, ст. 194 (1992). 2016-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Закон Украины «О статусе автономной Республики Крым» от 29 апреля 1992 года, № 2299-XII“. 2016-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
- ↑ s:Zakon Ukraini ot 21.09.1994 № 171/94-VR
- ↑ „Численность и этнический состав населения Крыма“. 2014-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Konstitutsiya KrimASSR i polojeniya, postanovleniya i instruksii o stroenii organov vlasti KrimASSR, obʼeme ix prav i kruge deyatelnosti. Vipusk I — Simferopol, 1930
- Agapov M. G. A. G. Bragin i proekti evreyskogo natsionalnogo stroitelstva v SSSR : [rus.] = A. G. Bragin and projects for territorial and national Jewish settlement in the USSR // Voprosi istorii : Jurnal. — M. : Rossiyskaya akademiya nauk, 2013. — № 2. — S. 91—101. — ISSN 0042-8779.
- Костырченко Г. В. . ISBN 5-7133-1071-X.
- Romanova V. V.. Vlast i evrei na Dalnem Vostoke Rossii: istoriya vzaimootnosheniy. — Krasnoyarsk : Klaretianum, 2001. — Vip. 7. — 292 s. — (Yevreyskie obщini Sibiri i Dalnego Vostoka). — 300 ekz. — ISBN 5-94491-018-6.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kasyanov G. V., Marochko V. I., Movchan O. N., Tkacheva L. I. Qrim ASSR : 20—30-yillar (tarixiy insho) / Ukraina SSR Fanlar akademiyasining Tarix instituti . — Kiev, 1989-yil.
- RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 14-dekabrdagi 621/6-sonli „Qrim ASSR tumanlari va viloyat markazlarini qayta nomlash toʻgʻrisida“gi Farmoni.
- RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 21-avgustdagi 619/3-sonli „Qrim viloyatining qishloq sovetlari va aholi punktlarini qayta nomlash toʻgʻrisida“gi farmoni.
- Qrim Respublikasining eʼlon qilinishi haqida
- Qrim Sovet Sotsialistik Respublikasi Konstitutsiyasi (1921)
- Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Konstitutsiyasi (asosiy qonuni) (1937).
- KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy byurosining 1967-yil 17-avgustdagi farmoni.
- SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1967-yil 5-sentyabrdagi 493-son Farmoni.
- Oliy Kengash Prezidiumining 1967-yil 5-sentyabrdagi 494-son Farmoni.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |