Kontent qismiga oʻtish

Qozi Salim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Qozi Salim madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Qozi Salim madrasasi Mir Tahur guzarida joylashgan. Qozi Salim XVII asrda yashab o‘tgan. U mazkur madrasani ashtarxoniy Subhonqulixon zamonida qurdirgan.

O‘zi qozilik lavozimida ishlagan. Ushbu madrasa faoliyatiga oid beshta hujjat mavjud. Hujjatlarning birida Qozi Salim madrasasi mudarrisi mulla Mu’iniddin Xalifa Xudoyberdi xonaqohida bo‘sh qolgan dars o‘rniga o‘tkazilishi so‘raladi. U Qozi Salim madrasasida 13 tilla maosh olgan ekan. Qozikalon Mir Badriddinning boshqa arznomasida Mavlona Sharif ayvoni hujralari mudarrisi mulla Najmiddin qozi Salim madrasasida mulla Sadriddinning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tkazilishi so‘ralgan. Maoshi 12 tilla belgilangan. Bemor talabalar ro‘yxatida qori Mir Sayid Xo‘qandiy, Abduqodir Xo‘qandiy va yana bir ilm tolibi nomi mavjud.[1]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 483.