Qoyali togʻlar
Qoyali togʻlar - Shimoliy Amerikadagi togʻ sistemasi, Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining sharqiy qismi, Kanada va AQShning gʻarbida. Shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 3200 km ga choʻzilgan. Eni 700 km gacha. Tinch okean bilan Atlantika okeani havzalari oʻrtasida suvayirgʻich xisoblanadi. Qoyali togʻlardan Missuri, Kolorado, Rio-Grande, Sneyk, Arkanzas daryolari boshlanadi. Qoyali togʻlar 45° shahrik.da shimoliy va jan. qismlarga boʻlinadi. Uzoqqa choʻzilgan shim. tizmalari, asosan, granitlardan tuzilgan boʻlib, eng baland joyi 3954 m (Robson togʻi). Janubiy tizmalari qisqa boʻlib, qumtosh, gilli slanets, ohak-toshlardan tuzilgan. Eng baland joyi 4399 m (Elbert togʻi, Qoyali togʻlarning eng baland nuqtasi). Iqlimi kontinen-tal, yillik yogʻin 1000 mm gacha. Tizmalar keng havzalar bilan boʻlingan. Molibden, mis, oltin, kumush, polimetall rudalari, neft, toshkoʻ-mir konlari bor. Geyzer va termal buloq koʻp. Shimolida togʻ tayga oʻrmonlari, togʻ tayga siyrak oʻrmonlari, togʻ tundra va yalangliklar, janubida dasht, oʻrmon, subalp igna bargli oʻrmonlar, alp oʻtloqlari mavjud. Oʻrmonlar chegarasi shimolida 1500 m, janubida 3600 m balandlikda, undan yuqorisi alp oʻtloqlari va doimiy qorlar. Qor chizigʻi janubida 4000 m, shimolida 2500 m balandda. Vodiylar landshafti dasht va chala choʻldan ibo-rat. Jasper, Banf, Yoxo, Yellouston, Roki-Mauntin va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |