Kontent qismiga oʻtish

Qosim Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qosim Rahimovich Rahimov
 Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston SSR Vazirlar Sovetining SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi doimiy vakili-
 
Mansab davri
1969 – 1970-yillar
 SSSR Yengil sanoat vazirining o‘rinbosari-
Mansab davri
1965 – 1969-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-noyabr 1902-yil
Farg‘ona
Vafoti 24-noyabr 1970-yil (68 yosh)
Мoskva, RSFSR
Siyosiy partiyasi VKP (B)–KPSS
Taʼlim Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti
Mukofotlari
Janglari Ulug‘ Vatan Urushi

Qosim Rahimovich Rahimov — sovet davlat va partiya arbobi.

Rahimov Qosim 1902-yil 19-noyabrda Oʻzbekistonda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

1932-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan.

Jumladan, 1932-1970-yillarda Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari, SSSR yengil sanoat vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Sovetining SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi doimiy vakili lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Qosim Rahimov  SSSR Oliy Sovetining 2- va 3-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Sovet davlat va partiya arbobi Rahimov 1970-yil[1] 24-noyabrda  Moskvada vafot etgan.