Kontent qismiga oʻtish

Qorayish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorayish, terining qorayishi — odam terisining quyosh nuri yoki sunʼiy manbalar (simobli kvars lampalari) taʼsirida qoramtir tus olishi, badanning toblanishi; bunda ultrabinafsha nurlar taʼsirida terining muguz qavatida melanin pig-menti toʻplanadi va teri qoramtir tusga kiradi. Ult rabinafsha nurlar taʼsirida organizmda nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini kuchaytiradigan, biologik faol moddalar hosil boʻladi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligi ortadi. Bundan tashqari, ultrabinafsha nurlar taʼsirida yogʻ bezlaridan chiqadigan yogʻ tarkibidagi ergosterin moddasidan vitamin D hosil boʻladi. Bu vitamin suyak sistemasi uchun juda zarur boʻlib (u yetishmaganda raxit paydo boʻladi), kaltsiyning ichakdan qonga soʻrilishini taʼminlaydi.

Q. kishi organizmining himoya reaksiyasi boʻlib, ultrabinafsha nurlar taʼsirida terining bazal qavat hujayralari yaxshi oʻsadi (qarang Teri); muguz qavat qalinlashadi, natijada u ultrabinafsha nurlarni terining ichki qavatlariga oʻtkazmaydi, hujayralarni nobud boʻlishidan va quyosh nuri taʼsirida terini kuyish yoki oftob urishidan saqlaydi.

Terlash ham kishini oftob urishidan himoya qiluvchi omillardan hisoblanib, kishi terlaganda ter tarkibidagi urokanin kislota ultrabinafsha nurlarni koʻp yutadi, natijada organizm quyosh nuri taʼsiridan saqlanib qoladi. q. asta-sekin amalga oshirilishi lozim. Birinchi kuni oftobda 10— 15 min. oʻtirish va keyinchalik har kuni 10 min.dan oshirib borish kerak. Oftobda 1 — 1,5 soatdan ortiq oʻtirmaslik zarur. Issiq va oʻrtacha iqlimda yashovchi kishilar soat 11 — 12 gacha of-tobda toblanishlari maqsadga muvofiq. Bunda boshga roʻmol oʻrash yoki cheti keng shlyapa kiyib, qora koʻzoynak taqib olish kerak. Koʻz shilliq pardasida quyosh nuridan saqlaydigan qavat yoʻqligidan ular yalligʻlanib qolishi (konʼyunktivit) mumkin. Qorin ochligida yoki ovqatlangan zahoti oftobda toblanishga ruxsat etilmaydi; kun tigʻida uxlash nihoyatda xavfli. Tez Q. maqsadida quyosh nurida koʻp oʻtirish natijasida betoblik alomatlari (lohaslik, asabiylashish, bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik, et uvishishi, harorat koʻtarilishi)dan tashqari teri kuyishi yoki oftob urishi mumkin.

Agar quyosh nurida toblangandan keyin teri achishib qizarsa, qizargan joyga qatiq, atir yoki araq surtish, teri asl holiga kelmaguncha quyosh vannalari qabul qilmaslik kerak. Terining qizargan joylari shishib, pufakchalar paydo boʻlsa, vrachga murojaat qilish lozim. Q. hamma uchun ham foydali deb boʻlmaydi. Keksa kishilar, 2 yoshgacha boʻlgan brlalar, homilador ayollar, shuningdek, oʻpka sili, yurak-tomir kasalligi, nevrasteniya, qizil volchanka bilan ogʻrigan bemorlar quyosh nurida toblanmaganlari maʼqul; agar toblanish zarur boʻlsa, al-batta, vrach maslahati bilan qilish kerak.