Kontent qismiga oʻtish

Qoraqoʻl

Koordinatalari: 42°29′26″N 78°23′37″E / 42.49056°N 78.39361°E / 42.49056; 78.39361
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoraqo'ldan yoʻnaltirildi)
Qoraqoʻl

qirgʻizcha: Каракол
Shahar
Skyline of Qoraqoʻl
Qoraqoʻl
Bayroq
Qoraqoʻl
Gerb
42°29′26″N 78°23′37″E / 42.49056°N 78.39361°E / 42.49056; 78.39361
Mamlakat Qirgʻiziston
Hukumat
 • mer Farxad Aljambayev
Asos solingan 1869-yil 1-iyul
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996-3922-XXXXX
Pochta indeks(lar)i 722200
Qoraqoʻl xaritada
Qoraqoʻl
Qoraqoʻl

Qoraqoʻl (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shimoliy etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871-yildan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. Oziq-ovqat, meva-sharob, gʻalla mahsulotlari, shu jumladan, non, baliq zavodlari, sut, goʻsht kombinatlari va yengil sanoat (poyabzal va tikuvchilik fabrikalari); elektr-texnika zavodi, elektr issiklik markazi, aeroport bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi (temir-beton qorishmalari, gʻisht-shagʻal zavodlari). Pedagogika instituti, Issiqkoʻl universitetining oliy iqtisod kolleji, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Qoraqoʻl atrofida "Oqsuv" va "Jetioʻgʻiz" balneologik kurortlari joylashgan.