Qorako‘l darvozasi (Buxoro)
Qorako‘l darvozasi | |
---|---|
Joylashuvi | |
Hudud | Buxoro viloyati |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Umumiy maʼlumotlar | |
Qurdirgan hukmdor | Abdullaxon II |
Qurilishi boshlangan | 1558-yil |
Qurib bitkazilgan | 1575-yil |
Buzilgan yili | 1975-yil qayta tiklangan |
Qayta tiklagan meʼmor | Ahror Asrorov |
Arxitekturasi | |
Meʼmoriy uslubi | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht |
Qorako‘l darvozasi (Buxoro) |
Qorako‘l darvozasi — Buxoro darvozasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorako‘l darvozasi Shayboniy hukmdor Abdullaxon II tomonidan 1558—1575-yillar oralig‘ida bunyod etilgan[1]. Shayboniy hukmdorlar qurilishning oʻziga xos qoidalariga qatʼiy amal qilish, bular — qurilishning puxta oʻrganilgan rejasi, joyning aniq va toʻgʻri tanlanishi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shoshma — shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar, shu jumladan, mudofaa devori yonida mo‘tadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar, bogʻlar, hovuzlarning joylashishiga asosiy eʼtiborni qaratganlar. Ushbu darvoza Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘ida muhim oʻrin tutgan. Qorako‘l darvozasi ichkarisida bozor mavjud bo‘lib, to Havzi Navdan, Volidai Azizxongacha davom etgan. Darvoza Buxoro shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Ushbu darvoza orali Qorako‘lga borilgan[2]. Buxoroliklar ushbu darvoza orqali haj ziyoratiga yoʻl olishgan. Shu sababli darvoza „Haj darvozasi“ deb nomlashgan. Qorako‘l darvozasi 1920-yilgi qizil armiya hujumidan omon qolgan.
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Darvoza asosan ikki katta svod, arkali va „guldasta“ qilib qurilgan. Qorako‘l darvozasi kvadrat shakldan iborat 25×25 santimetrlga teng g‘isht bilan terilgan va yuqori qismi kungurali gultoj bilan zeb berilib hamda qal’a devorlariga tenglashtirib qurilgan. Qorako‘l darvozasi 1975-yilda usta Ahror Asrorov boshchiligida qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan Turkiya, Eron, Xuroson davlatlaridan keladigan savdogar va sayyohlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Hozirgi kunda Qorako‘l darvozasi qal’a devorlaridan ajralgan holda bo‘y cho‘zib, sayyohlar e‘tiborini qozonib kelmoqda[3]. 2008-yilda Buxoroda shahar qalʼa devori va qadimiy darvozalarini tiklash va taʼmirlash boʻyicha saʼy-harakatlar boshlangan. Qorako‘l darvozasi oʻz holicha saqlanib qolgan darvozalardan biri hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.