Qora Ahmad posho
Qora Ahmad posho | |
---|---|
Kara Ahmed Paşa | |
Usmonlilar imperiyasi bosh vaziri | |
Mansab davri 1553-yil 6-oktabr – 1553-yil 30-sentabrgacha | |
Monarx | Sulaymon I |
Oʻtmishdoshi | Damat Rustam posho |
Vorisi | Damat Rustam posho |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
1555-yil Istanbul |
Qora (Gʻoziy) Ahmad posho (turkcha: Kara Ahmed Paşa;? – 1555-yil, Istanbul) – 1553-yildan 1555-yilgacha Usmonlilar imperiyasining 36-Bosh vaziri. U Hukmdor Sulaymon Ining singlisi Fotima Sultonga uylangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bunga qadar Rumeliya beklarbegisi lavozimida ishlagan. 1553-yil 6-oktabr kuni Sulaymon I Qonuniy oʻz oʻgʻli Shahzoda Mustafoni qatl qildirgach, yanicharlar orasida noroziliklar kuchayadi. Qoʻzgʻolonchilar Podshohning kuyovi Damat Rustam poshoni marhum shaxzodaga tuhmat qilganlikda ayblab, uni ham qatl qildirishni talab qilishadi. Sulaymon I Qonuniy ahvol yaxshilanishi uchun kuyovini lavozimidan ozod qiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmadni tayinlaydi.[1] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[2] Qora Ahmad sharafiga masjid qurdirilgan.[3].
Qoʻshimcha maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulaymon I Qonuniy haqidagi “Muhtasham yuz yil” serialida Qora Ahmad posho rolini aktyor Cansel Elçin ijro etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „TOPKAPI / GAZI KARA AHMET PASA CAMII“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.
- ↑ „Türk Nostalji - Kara Ahmet Paşaʼnın Öldürülmesi - Topkapı Sarayı Cinayetleri Dizisi - 2“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel. (WebCite saytida 2013-04-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Milta.com - Kara (Gazi) Ahmet Paşa Külliyesi“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.(WebCite saytida 2013-04-30 sanasida arxivlangan)