Qoʻqongul
Qoʻqongul — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki turkum oʻsimliklarning umumiy nomi. 200 turi maʼlum. Shimoliy va Janubiy Amerikada, Afrika, Osiyo va Yevropada keng tarqalgan. yagona turi - xitoy yoki bir yillik qo'qongul Xitoy va Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi, gullari yirik, savatchaga yigʻilgan, rangi binafsha, qizil, oq, iyuldan to kuzgacha ochiladi. Bir yillik qatqat gulli va boshqa xillari manzarali qo'qongulning urugʻboshisi hisoblanadi. 4 mingga yaqin madaniy navi bor. Ular bir-biridan shakli, tusi, boʻyi va gullarining joylashishi bilan farq qiladi. Qo'qongulning ikkinchi turkumi turlarining barglari oddiy, ketma-ket joylashgan koʻp yillik oʻtlardan tashkil topgan. Gullari, savatcha, toʻpgullarga yigʻilgan. Tundradan to oʻrmon zonasigacha boʻlgan yamlovlar, dashtlar, togʻ zonalarida oʻsadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi[1].