Kontent qismiga oʻtish

Qizjibek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"QIZJIBEK" — qozoq xalq eposi. Qozoq folklorining eng yetuk lirikepik asarlaridan. taxminan 17-asrlarda yaratilgan. Asarda Toʻlagan bilan Qizjibek oʻrtasidagi sof muhabbat ulugʻlangan, ozodlik uchun kurash, sevgiga sadoqat, vatanparvarlik, doʻstlik gʻoyalari ilgari surilgan. Asarning ilk nusxasi (Qadimgi qirgʻiz qoʻshigʻi "Qizjibek") 1887-yilda yozib olingan. "Q"ning turli yillarda yozib olingan 11 nusxasi Qozogʻiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida saqlanadi. Shulardan Qozogʻistonda yozib olingan va 1894-yilda Qozonda nashr etilgan "Qizjibek qissasi" varianti keng tarqalgan. Lekin hajmi va detallarining aniqligi jihatidan 1887-yildagi nusxasi "Q."ning boshqa variantlariga nisbatan mukammalroqhisoblanadi. "Q" qoʻp oqinlar repertuarida uchraydi. Oʻzbekistonda "Q"ning Ergash Jumanbulbul oʻgʻli tomonidan 1927-yilda yozilgan qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Asar syujeti asosida Ye.G.Brusilovskiy "Q" operasini yaratgan (1974).