Kontent qismiga oʻtish

Qilich Xo‘jayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qilich Xo‘jayev
Tavalludi 1886-yil
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
O‘zbekiston SSR
Kasbi Savdogar
Faoliyat yillari 19201937
Otasi Usmonxo‘ja

Qilich (Qilichxoʻja) Xoʻjayev Usmonovich — 1886-yili tugʻilgan, Buxoro shahridan, sobiq quloq, qorakoʻl teri sotuvchisi, „Milliy it- tihod“ millatchi aksilinqilobiy tashkilotning sobiq aʼzosi, hibsga olingan vaqgda aniq mashgʻuloti boʻlmagan, jazo muddati 1937-yil 27-avgustdan hisoblangan. Isyonchi aksilinqilobiy guruh aʼzosi boʻlib, aksilinqilobiy kengashlar qatnashchisi boʻlganlikda, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda ayblangan.[1]

Qilichxo‘ja Xo‘jayev 1886-yilda Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrining Abuvakil mahallasida qorako‘l savdogari oilasida tug'ilgan. Qilichxo‘ja besh yillik dastlabki ta'limdan keyin madrasada o'qishini davom ettiradi. Shundan keyin “Yosh buxoroliklar” partiyasiga a'zo bo'lib, partiya siyosiy tadbirlarida faol qatnashadi. 1920-yilda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganidan so'ng Qilichxo‘ja Xo‘jayev BXSRning Markaziy Ijroiya Qo‘mitasida ishlaydi.

1921-yilda Qarshi shahrining inqilobiy qo‘mitasi raisi lavozimida ishlaydi. 1922-yildan 1928-yilgacha BSXR tomonidan tashkillashtirilgan qorako‘l savdosi idorasida ishlagan. Qilichxo‘ja Xo‘jayev 1929-yildan 1931-yilga qadar Buxoro shahrining bozor ishlari qo‘mitasi mudiri, 1931-yildan 1933-yilgacha “Iqbol” sheriklik jamiyatiga qarashli savdo do‘konida mudir bo'lgan. 1932-yilda afg‘onistonlik qorako‘l teri savdogari G‘ani oqsoqol bilan birga hibsga olinadi. Qilich Xo'jayevning yonidan oltin va 30000 rubl pul chiqadi. Biroz muddat hibsda saqlangandan so'ng, ozod etilgan. 1933-yildan 1934-yilgacha Buxoro shahridagi qorako‘l zavodida bosh yo‘riqchi lavozimida faoliyat yuritadi. 1935-yildan boshlab Ittifoqjun markazi mudiri bo‘lgan. 1936-yildan boshlab Buxoro shahridagi markaziy parkda madaniyat bo‘limi raisi lavozimiga tayinlanadi. Biroq, qorako‘l savdosini ham tashlab qo'ymaydi.

1937-yilning 27-avgustida Qilichxo‘ja Xo‘jayev Usmonovich aksilinqilobiy tashkilot a’zosi degan ayblov bilan qamoqqa olinadi. 1937-yilning 27-avgustida o'tkazilgan so'roqda BXSR hukumatining rahbarlari Fayzulla Xo‘jayev, Sattor Xo‘jayev, Ota Xo‘jayev, Muinjon Aminjonovlar bilan yaqin degan ayblov qo'yilgan. Ertasiga 28-avgustda so'roq vaqti Q. Xo‘jayev 1933-yildan boshlab Karki shahridagi sovet-afg‘on savdo uyi xodimi Asadboy G‘afforov vositachiligida Afg‘oniston bilan qorako‘l teri savdosini olib borganini, qorako‘l terisi afg'onga Kushka, Karki, Termiz orqali chiqarilganligini, Afg‘onistondagi Andxo‘y bozoriga 1933-yilda 500 qorako‘l terisi, 1935-yilda 18000 so‘mga 4000 qorako‘l terisi, 1936—1937-yillarda ham Afg‘onistonga har xil yo‘llar orqali qorako‘l teri yetkazganini tan olgan[2].