Qaxxor Abduraxmanov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov | |
---|---|
Tavalludi |
8-may 1941-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent Davlat universiteti(1960-1966 yillarda) |
Ilmiy darajasi | Fizika-Matematika fanlari doktori, professor |
Ilmiy unvoni | Professor |
Abduraxmanov Qaxxor Pattaxovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, „Mehnat shuhrati“, „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordenlari, „Oʼz kasbining ustasi“ belgisi, „Mehnat faxriysi“ 1-darajali koʼkrak nishoni va „Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi“ medali nishondori, fizika fanining rivojiga, respublika fani va oliy taʼlimning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqarishga, ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga salmoqli hissa qoʼshgan olim, yetuk ustoz, gʼamxoʼr rahbar va chin inson, yurtimizning taniqli va obroʼli pedagoglaridan biridir.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduraxmanov Kaxar Pattaxovich, 1941-yil 8-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʼildi. 1948-1958 yillarda Toshkent shahridagi 1-oʼrta maktabda tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toshkent transport mashinasozligi zavodida asbobsoz – tokar kasbidan boshladi. Asbobsoz tokar 2-razryadli mutaxassis sifatida ikki yil ishladi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-1966 yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Oʼzbekiston Milliy universiteti) Fizika fakultetining Nazariy fizika kafedrasida tahsil oldi.
K. P. Abduraxmanov 1966-yili diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, yarim oʼtkazgichlar sohasida fizik mutaxassisligiga ega boʼldi va Nazariy fizika kafedrasiga yosh mutaxassis sifatida ishga taklif etildi.
1966-1971 yillarda ToshDUning stajyor-tadqiqotchisi va aspiranti boʼlgan. Stajyorlikni SSSR FAning Leningrad yarim oʼtkazgichlar institutida oʼtagan (1966-1968 yillar). Aspiranturani 1968-1971 yillarda SSSR FAning Leningrad Fizika-texnika institutining diffuziya jarayonlari laboratoriyasida oʼtgan.
1971-1981 yillarda Toshkent Davlat universiteti Yarim oʼtkazgichlar fizikasi muammoli laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan.
1978-1981 yillarda Toshkent Davlat universiteti Yarim oʼtkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasining dotsenti lavozimida faoliyat koʼrsatgan.
1981-1987 yillarda Toshkent Davlat universiteti huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti Yarim oʼtkazgichlar laboratoriyasining mudiri boʼlib ishlagan.
1987-1991 yillarda Toshkent Davlat universiteti huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tekshirish institutining ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari sifatida faoliyat koʼrsatgan.
1991-1995 yillarda Toshkent Davlat universiteti huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti Yarim oʼtkazgichlar laboratoriyasining mudiri boʼlib ishlagan.
1995-2002 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar qoʼmitasi va Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Mikroelektronika va maxsus asboblar ilmiy ishlab chiqarish markazi – „MELMA“ davlat kichik korxonasining direktori lavozimida ishlagan.
K. P. Abduraxmanov 2002 yil dekabrida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fizika kafedrasining mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan. 2012 yildan 2016 yil 28 oktyabrigacha Fizika kafedrasining professori lavozimida ishlagan. 2016 – 2017 yillarda Fizika kafedrasining mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi lavozimida, 2017-yil 15-oktyabridan Fizika kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]K. P. Abduraxmanov ilmiy faoliyatini Nazariy fizika kafedrasining 3-kurs talabasi boʼlgan vaqtidanoq boshladi. U 1964 yili Moskvadagi „Pulsar“ Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga tunnel diodlar texnologiyasini oʼzlashtirish uchun ilmiy safarga joʼnatildi.
1965 yili 5-kursda oʼqiyotganida yana Moskvadagi Elektron-texnika Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va Tallindagi X.Pigelman nomidagi radiotexnika zavodiga kremniy asosidagi integral sxema elementlarining fizikaviy va texnologik parametrlarini nazariy hisoblash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish uchun ilmiy safarga joʼnatildi. Safar mobaynida bajarilgan ishlar Nazariy fizika kafedrasining yirik xoʼjalik shartnomasi hisobotiga hamda K. P. Abduraxmanovning diplom ishiga asos boʼldi.
1968-1981 yillarda galliy arsenidi va kremniyning asosiy sohalari yaqinidagi kvant holatlar zichligi taqsimlanishining oʼziga xos xususiyatlarini nazariy va eksperimental oʼrganish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. K. P. Abduraxmanov tunnel spektroskopiyasi metodining asoschisidir. U dunyoda birinchi boʼlib metall – yarim oʼtkazgich tunnel strukturalari va Djozefson kontaktlarining volt-amper xarakteristikalarining kichik nochiziqliklarini juda past temperaturalarda (1÷4.2K) tajribaviy aniqlagan. Galliy arsenidi va kremniy asosidagi ideal tunnel metall-yarim oʼtkazgich (MYaoʼ) kontaktlarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqqan.
Metall-yarim oʼtkazgich kontaktlaridagi elektron tunnel oʼtishlarni tahlil qilish asosida n- va r-GaAs, n- va r-Si yarim oʼtkazgichlarning asosiy sohalari chegaralarida kvant holatlar zichligi taqsimlanishining xususiyatlari, kirishmalar energetik sohasini hosil boʼlish va asosiy sohaga qoʼshilishi kinetikasi, Mott oʼtishining kritik kontsentratsiyalari, asosiy sohalar chegarasida holatlar zichligining dumi hosil boʼlishi, kirishmalar potentsialining nol anomaliyasi mexanizmi, tunnel effekti orqali oʼtayotgan elektronlarning effektiv massalari va tunnel oʼtish ehtimolligi qiymatlarining energiyaga bogʼliqligi, asosiy sohalar chegarasining siljish qiymatlarini birinchi boʼlib tajribaviy aniqlagan. 8x1018 dan 6,25x1019 sm-3 gacha kuchli boyitilgan galliy arsenidi va kremniyda kirishmalar energetik sohasining asosiy sohalarga qoʼshilishida Fermi energiyasining sakrashga oʼxshash oʼzgarishi birinchi marta tajribaviy kuzatilgan. K. P. Abduraxmanov yarim oʼtkazgichlar asosiy sohalari chegarasida kvant holatlar taqsimlanishi va uning oʼziga xos xususiyatlarini eksperimental oʼrganish boʼyicha yangi ilmiy yoʼnalishga asos soldi, ilmiy maktab yaratdi.
1973 yilda Leningrad politexnika institutining Ixtisoslashgan Ilmiy kengashida „Galliy arsenidining asosiy sohalari yaqinidagi kvant holatlar zichligini izlash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
K. P. Abduraxmanov 1981 yilda ToshDU huzuridagi Amaliy fizika ilmiy-tekshirish institutida yarim oʼtkazgichlar laboratoriyasini tashkil etdi va 1995 yilgacha unga rahbarlik qildi.
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Oftalmologiya kafedrasi klinikasi Karl-Zeiss xirurgik stoliga oʼrnatilgan apparat-dasturli televizion mikroskopida olingan koʼz olmasining qon tomirlari tasviri
Ilmiy izlanishlarda olingan natijalar asosida K. P. Abduraxmanov (1990) va Sh. B.Utamuradovalar (2015) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. K. P. Abduraxmanov rahbarligida Sh. Miraxmedov (1978), S. I. Vlasov (1979), A.Ya. Kvurt (1984), Sh. B.Utamuradova (1987), T. A. Umarov (1987), M. D. Xodjaev (1991), K. X. Xodjaev (1991), X. U. Sagdullaev (1993), S. K. Persheev (1995)lar nomzodlik dissertatsiyalarini; Sh. B.Utamuradova 2015), S. S. Beknazarova (2015) doktorlik dissertatsiyalarini hamda O. O. Ochilova (2018), X.Yoʼldoshev (2019) falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qilganlar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti