Qarzga olingan umr
Asl nomi | Der Himmel kennt keine Günstlinge |
---|---|
Muallif(lar) | Erix Mariya Remark |
Til | nemischa |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot | Harcourt |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1961-yil |
Qarzga olingan umr (nemischa: Geborgtes Leben ') — nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning romani. Ushbu roman 1948-yillarda avtopoygachi yigit va oʻg‘ir xastalikka chalingan qizning ehtirosli sevgi tarixi haqida hikoya qiladi. Yozuvchini ushbu romanni yozishiga ilhomlantirgan shaxs avtopoygachi Alfonso de Portago boʻlgan[1].
Roman 1959-yilda Hamburgdagi „Kristall“ jurnalida nashr etilgan. 1961-yilda alohida kitob holatida nashrga chiqarilishidan oldin Remark asar nomini Der Himmel kennt keine Günstlinge (nemischa: nemischa: — „Osmon sevimlilarni bilmaydi“)ga oʻzgartirgan.
Asar syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh qahramon Klerfe poyga mashinasi haydovchisi bo‘lib, u sil kasaliga chalingan hamkasbi Xolmandan xabar olish uchun Shvetsariyadagi qiz davolanayotgan sanatoriyga boradi. U yerda u belgiyalik yosh va kelishgan Lillian Dunkirk bilan tanishib qoladi. U ham sil kasalligidan aziyat chekar edi. Qizda kasallik oxirgi bosqichda boʻlib, uni tuzalish imkoniyati kam edi ammo u oʻlim soatini kutmasdan, hayotining soʻnggi oylaridan zavq olishni xohlaydi. U bir necha oydan beri kasalxonadan qochishni rejalashtirib bormoqda edi. Lekin bunga jur’ati yetmasdi. Qizning dugonasi kasalxonada vafot etganidan soʻng hamma narsa o‘zgaradi. U vafot etgan odamlarning jasadlariga ismlari yozilmaganini, ularga faqat raqam berilganini va murdalarga oddiy buyumlar kabi muomala qilishini bilib qoladi. Nomsiz tanaga aylanishni istamay, u Klerfe bilan sanatoriyni tark etib, Parijga borishga qaror qiladi.
Ular birgalikda Yevropa boʻylab sayohat qilishadi. Lilian otasidan meros qolgan pul evaziga qimmatbaho kiyimlar xarid qiladi va hashamatli restoranlarda vaqt oʻtkazib zavqlanadi. Klerfe va Lilian oxir-oqibat bir-birlarini sevib qolishadi va Klerfe u bilan kelajakka umid qila boshlaydi. Ammo keyinchalik agar Klerfe qizga uylansa bir necha oy ichida u beva qoldirishini ich-ichidan tushunadi va bu fikrdan voz kechadi. Garchi yigit qizni sevsa-da, ular birga yashashni boshlashdan oldin uni tark etishga qaror qiladi. Klerfe ishtirok etayotgan poydalardan birida yigit baxtsiz hodisaga uchraydi. Klerfe ogʻir jarohat oladi va vafot etadi. Qalbi vayron boʻlgan Lilian Shvetsariyaga qaytadi. U yerga ketayotib, u Klerfening sobiq hamkasbi va doʻsti, kasallikdan sogʻaygan Xolman bilan uchrashib qoladi. Olti hafta oʻtgach, Lillian vafot etadi.
Ekranlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Qarzga olingan umr" — ushbu roman asosida 1977-yilda suratga olingan film. Filmda Al Pachino avtopoygachi Bobbi Dirfild rolini, Marta Keller esa Lillian Dunkirk rolini ijro etgan.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „A New Star is Borne: Andrea de Portago is Fierce, Shy and Happening“. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.