Qarun
Qiyofa
Qarun — Erondagi daryo, Shatt ulArab daryosining chap irmogʻi. Uz. 820 km, havzasining maydoni 60 ming km². Zagros togʻlaridan boshlanib, tor dara va soyliklardan, quyi oqimida Mesopotamiya pasttekisligida oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 770 m³/sek. Bahorda suvi koʻpayadi. Daryodan sugʻorishda foydalaniladi, qisman tunnel orqali Isfahon vohasiga oqiziladi. Ahvoz shahrigacha kema qatnaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |