Qarshi shahrining me‘moriy yodgorliklari (kitob)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Asl nomi | Qarshi shahrining me‘moriy yodgorliklari |
---|---|
Muallif(lar) | Qambar Nasriddinov, O‘ktam Xo‘jayarov |
Muharrir(lar) | Poyon Ravshanov |
Mamlakat | O'zbekiston |
Til | O'zbek |
Janr(lar)i | Tarixiy |
Nashr etilgan sanasi | 2011 |
Nashriyot | "Yangi asr avlodi nashriyoti" |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2011 |
ISBN | 978-9943-08-629-6 |
Qarshi shahrining meʼmoriy yodgorliklari – Qambar Nasriddinov va Oʻktam Xoʻjayarov tomonidan Qarshi shahrida joylashgan meʼmorchilik inshootlari tarixi haqida yozilgan kitob. Qarshining meʼmoriy yodgorliklari haqida soʻzlovchi ushbu kitob shaharda hozircha saqlanib qolgan obidalar hakida qisqacha maʼlumot beradi. Kitobda qadimiy va navqiron Qarshi tavsiflanib, shu bilan birga undagi noyob meʼmorchilik inshootlari: jumladan, Koʻkgumbaz masjidi, Odina jomeʼ masjidi hamda Xonaqoh jomeʼ masjidlari, Qarshi hammomi, Qarshi qal’asi, Qashqadaryo koʻprigi, Sharofboy madrasasi, Bekmurodboy madrasasi, Qilichboy madrasasi hamda Abdulazizboy madrasalari, Qarshi sardobasi va Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmualarining qurilgan davri, sanasi, meʼmoriy uslubi, baʼzi tarixiy xususiyatlari bayon qilingan. Qarshi vohasida birinchi shahar hozirgi Qarshi shahridan shimolda joylashgan qadimgi Yergʻurgʻonda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda shakllanganligi bayon etilgan. Nasaf IX-XII asrlarda Janubiy Sugʻdning asosiy shaharlaridan hisoblangan. Unda rabot, shahriston, karvonsaroylar, masjid va madrasalar mavjud boʻlgani taʼkidlangan. Qarshining 2700 yilligiga bagʻishlangan mazkur risola-koʻrsatkich keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan boʻlib, mehmonlarni shahardagi meʼmoriy obidalar bilan tanishtiradi.
Kitob muqaddima, meʼmorchilik inshootlari tarixi, mundarija, yakuniy soʻz va foydalanilgan ababiyotlar va manbalar roʻyxatidan iborat. Kitobda asosan Qarshi shahrida qadimda joylashgan tarixiy obidalar haqidagi dalillar, manbalar, tarixiy qazilmalar, tarixiy yodgorliklari, haqida maʼlumotlar keltiriladi. Kitob asosan 3 ta yaʼni oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan. Kitob boʻyicha maʼsul muharrir va taqrizchi Poyon Ravshanov. Kitob Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan nashr etilgan.