Qargʻalar (qoʻshiq)
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
„Qargʻalar“ („Qargʻalar uchsa qaraylik“ deb ham nomlanadi) — bu qoʻshiqning yaralishi ashula matnida aytilganidek Margʻilon bilan chambarchas bogʻlangan. Shunisi maʼlumki, qoʻshiqdagi voqealar Oʻzbekistonni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga aloqador. Birinchi Jahon urushi paytida 1916-yil 25-iyunda Oq podsho Rossiya imperatori Nikolay II Oliy Bosh qo‘mondon va harbiy taklifi bilan chiqargan farmoni bo‘yicha „front ortidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarligi“ boshlangan[1]. Aynan shu yili front ortida ishlash uchun deyarli barcha oʻzbek erkaklari mardikorlikka olingan va ular sovuq oʻlkalarga xususan, Sibirga yuborilgan.
„Qargʻalar“ qoʻshigʻi xuddi shu davrda Rossiyaning sovuqlarida ishlab yurgan oʻzbek erkaklari tomonidan yaratilgan degan mulohazalar bor. Qoʻshiqning matni ham ayni shu voqelikka bogʻliq holatda talqin qilinadi:
Qarg`alar uchsa qaraylik Marg`ilonning yo`liga, Hidi kelsa mast bo`laylik handalakning bo`yiga.
Maʼlumki, qargʻalar issiq tushishi bilan sovuq oʻlkalarga uchib ketadi. Oʻz vatanidan uzoqda, yaqinlari hijronida qiynalgan lirik qahramonlarning murojaatidan koʻrinadiki, qargʻalar ularning yurti boʻlgan Margʻilondan uchib kelmoqda. Ular yor-u birodarlari, yaqinlari sogʻinchidan qargʻalarning kelishini intizorlik bilan kutishadi. Sababi, qargʻalar ularning vatanidan, yaqinlaridan xabar olib keladi. Qoʻshiqning mazmuni bilan uning ritmi oʻrtasida yer bilan osmoncha farq borligi uchun, qoʻshiq ijrosi kishini oʻz-oʻzidan raqsga chorlab turadi. Bu qoʻshiq „Yalla“ guruhi tomonidan 1970-yillarda ijro etilishi bilan butun Markaziy Osiyoga tezlik bilan yoyilib ketgan[2]. Oʻzbek xalqining toʻy-bazmlarida bu qoʻshiq yangray boshlagan. Oʻsha paytdagi senzura „qargʻalar“ soʻzini „turnalar“ga almashtirgan edi. Farruh Zokirov musiqani andijonlik hofizlardan oʻrganganini aytadi, aniq manbalarda yaratilish tarixi saqlanib qolmagan. Bu qoʻshiqni turlicha talqinlari ham bor. Uni Farrux Zokirov ilk bor zamonaviy talqinda ijro etganidan keyin, qoʻshiq koʻplab sanʼatkorlar tomonidan qayta aytilgan, ular ichida Sevara Nazarxonning harakatlanayotgan poyezd ovozlari fonida aytilgan variantida qoʻshiq maʼnosiga ohanglari mos keladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qarg'alar uchsa qaraylik“ (20-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
- ↑ „Turnalar qo`shig`i“ (27-avgust 2012-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
- ↑ „SEVARA NAZARXON - QARG'ALAR“ (26-aprel 2013-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.