Qaratis
Qaratis | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning ummu al-valadi | |||||
Davri | 812 — 842 | ||||
Vafoti |
842-yil 16-avgust Al-Hira, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Turmush oʻrtogʻi | Muʼtasim | ||||
Farzandlari | Horun al-Vosiq | ||||
| |||||
Dini | Islom |
Qaratis, shuningdek Ummu Horun (arabcha: أم هارون) yoki Ummu al-Vosiq (أم الواثق) sakkizinchi Abbosiy xalifa Muʼtasimning ummu al-valadi va uning vorisi Vosiqning onasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaratis vizantiyalik yunon ayol boʻlgan[1][2]. U taxminan 811-yilda Abbosiylar haramiga kirgan. U yosh Abbosiy yosh shahzoda Abu Isʼhoq Muhammad ibn Horunga kanizaklikka berilgunga qadar Abbosiylar xonadonida tarbiyalangan. Qaratis islomni haramga kirishdan oldin yoki keyin qabul qilgani nomaʼlum. Qaratis Abu Isʼhoq Muhammaddan biroz yoshroq boʻlgan.
Qaratis Abu Jaʼfar Horun (boʻlajak xalifa Vosiq) va Muhammad ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan. Abu Jaʼfar Horun 812-yil 17-aprelda (manbalarda 811—813-yil oraligʻidagi ertaroq yoki kechroq vaqt koʻrsatilgan) Makka yoʻlida tugʻilgan[3][4].
Muʼtasim Qaratisning katta oʻgʻlini merosxoʻr etib tayinlagan. 842-yil 5-yanvarda Muʼtasim vafotidan soʻng uning oʻgʻli akalarining qarshiliklarisiz taxtga oʻtirgan. Shu bilan Qaratis Abbosiylar xonadoni boshligʻi ham boʻlgan. Vosiq hukmronligi boshlanganidan koʻp oʻtmay Qaratis hajga borishga qaror qilgan.
Qoratis 842-yilda Vosiqning o‘gay ukasi Ja’far (bo‘lajak xalifa Mutavakkil) hamrohligida haj safariga chiqqan. Biroq 842-yil 16-avgustda (hijriy 227-yil) yoʻlda, al-Hirada vafot etgan. Kufada dafn etilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Clot, André „5. Harun and the Outside World“, . Harun al-Rashid: and the World of the Thousand and One Nights (en). Saqi Books, 2014. ISBN 978-0-86356-558-8. „Many caliphs had mothers of Greek origin: Qaratis, mother of Harun al-Rashid's grandson Watiq; ...“
- ↑ Al-Masudi „The Caliphate of Wathiq“, . Meadows Of Gold (en). Routledge, 2010. ISBN 978-1-136-14530-8. „Wathiq, whose name was Harun ibn Muhammad ibn Harun al-Wathiq, was known as Abu Ja'far. Her mother was a Greek slave named Qaratis.“
- ↑ Turner 2013, s. 219.
- ↑ Kraemer 1989, ss. 52–53.
- ↑ Kraemer 1989, s. 4.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turner, John P. „The Enigmatic Reign of al-Wāthiq (r. 227/842-232/847)“, . Abbasid Studies IV. Occasional Papers of the School of Abbasid Studies. Gibb Memorial Trust, 2013 — 218–231-bet. ISBN 9780906094983.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXIV: Incipient Decline: The Caliphates of al-Wāthiq, al-Mutawakkil and al-Muntaṣir, A.D. 841–863/A.H. 227–248, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-874-4.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 842-yilda vafot etganlar
- Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 9-asr ayollari
- Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 9-asr kishilari
- Xristianlikdan islomni qabul qilganlar
- Abbosiy xalifalarning kanizaklari
- Abbosiy xalifalarning onalari
- 9-asr Vizantiya ayollari