Kontent qismiga oʻtish

Qahramon Dadayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qahramon Dadayev
Tavalludi Qahramon Dadayev
12-mart 1936-yil
Vafoti Toshkent
Kasbi Doirachi, sozanda
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Taʼlimi Gliyer maktabi, Hamza musiqa maktabi
Mukofotlari

Qahramon Dadayev (1936.15.12, Toshkent — 2013-yil, Toshkent) — sozanda (doira)[1][2][3], Oʻzbekiston xalq artisti (1977).

Qahramon Dadayev 1936-yil 15-dekabr kuni Toshkent shahrining Eski Juv mahallasida tavallud topgan[4].

Glier nomidagi Respublika musiqa maktabi, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida taʼlim olgan.

Doira ijrochilik anʼanalarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist T. Inogomov va Gʻ. Inogomovlardan oʻrgangan. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1953—54), Oʻzbek davlat estradasi (1954—57), "Bahor" raqs ansambli (1957—97)da sozanda[5], mazkur ansambl tashkilotchilaridan. M. Turgʻunboyeva, I. Oqilov, Ye. Baranovskiy va Q. Mirkarimovalar bilan "Uchrashuv", "Havaskor", "Salom" kabi xoreografik kompozitsiyalar hamda "Pilla", "Zang", "Katta oʻyin", "Larzon", "Choʻpon", "Fargʻonacha", "Fargʻona ruboiysi", "Buxorocha", "Xorazmcha" kabi oʻnlab raqslarni sahnaga qoʻyish va yaratishga katta hissa qoʻshgan. Ayniqsa, oʻziga xos tarzda, bir yoʻla 2—3 doirada yakka ijro etgan "Oʻzbek doira usullari" turkumi, katta artistik mahorat bilan ijro etgan doira oʻyin ("Havaskor", "Qoʻgʻirchoq" kabi)lari mashxur. T. Sayfiddinov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar aka-uka Islomovlar, H. Rasulov, H. Azimov va b. D. shogirdlaridir. 80 dan ortiq mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. 6-Jahon yoshlar festivali laureati (1957, Moskva), sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati (1973).

  • Gulandon Ortiqova — singlisi[6].

Qahramon Dadayev 2013-yil Toshkent shahrida vafot etgan. Minor qabristoniga dafn qilingan.

Xotirasini abaydiylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dadayev haqida "Oʻzbektelefilm" studiyasida "Qahramon Dadayev chaladi" nomli film suratga olingan (1983, rejissyor Sh. Bizatov)[7].