Kontent qismiga oʻtish

Qadimgi fors tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qadimgi fors tili — jan.gʻarbiy guruhga mansub oʻlik eroniy til. Oʻrta fors tili, fors, tojik va dari tillari Qadimgi fors tilining bevosita davomchilari hisoblanadi. Dastlab Eron (Fors) ning jan.gʻarbida (hozirgi Eronning Fors viloyati hududida) tarqalgan. Axomaniylar sulolasiga mansub qadimiy hukmdorlar uchun ona tili maqomida boʻlgan bu til miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Axomaniylar davlatining butun hududiga yoyilgan. Qadimgi fors tilit.dagi mixxatlar hozirgi Eron, Turkiya, Misr hududlaridan topilgan va matnlarning barchasi elam, akkad, oromiy kabi tillarga tarjimasi bilan yonmayon berilgan.

Qadimgi fors tilit.da dialektal tafovutlar boʻlmagan. Fonetik xususiyatlari oʻrta fors tilidagiga oʻxshash. Til qurilishi sintetik, flektiv xususiyatga ega. Morfologik birliklarning 3 xil turi (oʻzak morfemalar, affiksal morfemalar, fleksiya) kategorial maʼnolarni ifodalagan. Gapda soʻz tartibi nisbatan erkin boʻlgan (ular, oʻzaro boshqaruv, moslashuv, bitishuv usullari bilan birikkan). Leksikasida qadimiy eroniy (mas, midiya) va noeroniy (mas, oromiy) tillardan oʻzlashgan soʻzlar boʻlgan.

Qadimgi fors tilit.ning harfboʻgʻinli yozuvi akkad tilining boʻgʻinli mixxat alifbosi bilan oʻxshash. Eng qadimiy yodgorliklari Doro I ning miloddan avvalgi 521—486 yillardagi yozuv (bitik)laridir. Bu yozuvlarni oʻqishni 1802-yilda nemis olimi G.F.Grotefend boshlab bergan.

Sokolov S.N., Drevnepersidkiy yaznk. V kn.: Osnovn iranskogo yaznkoznaniya. Drevneiranskiye yaznki, M., 1979.