Kontent qismiga oʻtish

Qadam Sharif (Dehli)

Koordinatalari: 28°38′59″N 77°12′43″E / 28.6498°N 77.2119°E / 28.6498; 77.2119
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qadam Sharif dargohi

Qabr joylashgan qism
Joylashuvi Dehli
Koordinatalar 28°38′59″N 77°12′43″E / 28.6498°N 77.2119°E / 28.6498; 77.2119
Asosiy sanalar 1376-yil
Holati faol
Qadam Sharif (Dehli)


Dehlining Paharganj shahridagi Qadam Sharif Dargohi 1375–1376-yillarda qurilgan kichik maqbara majmuasidan iborat boʻlib, unda masjid, madrasa va ziyoratgoh („dargoh“) joylashgan. Uning atrofi katta darvoza va devor bilan oʻralgan[1][2].

Dastlab Firuzshoh Tugʻloq (1309–1388) oʻzi uchun asosi katta toʻrtburchak shakldagi maqbara qurdirgan va uni odatdagi Tugʻloq uslubida ulkan devorlar va darvozalar bilan oʻrab olgan. Biroq, 1376-yilda uning oʻgʻli Fatehxon vafot etgach, u maqbaraga oʻgʻlini dafn ettiradi. Bundan tashqari, Firuzshohning ruhiy yoʻlboshchisi Hazrati Sayid Jaloliddin Husayn Buxoriy Makkadan olib kelgan Muhammadning oyoq izi tushirilgan tosh ham shu yerga qoʻyiladi. Ushbu oyoq izi („Qadam Sharif“ = "Paygʻambarning izi") butun majmuaga Qadam Sharif nomi berilishiga sabab boʻladi Maqbara majmuasi tarkibida masjid va madrasa mavjud.

Oʻshandan beri koʻp asrlar davomida butun hududdagi uy-joy va tijorat binolari qurilishi hisobiga majmuaga zarar yetgan boʻlsa-da, qabr, devorlarning aksariyati va bir nechta darvoza hali ham yaxshi saqlanib qolingan. Bundan tashqari, qabr qoshidagi madrasa va masjiddan hamon foydalanilmoqda, oyoq izi esa bu inshootni muhim ahamiyatga ega boʻlgan ziyoratgohga aylantirgan.

Majmua Yangi Dehli temir yoʻl vokzalining shimoli-gʻarbiy qismida, aholi zich joylashgan shahar hududida bunyod etilgan[3].

  1. Smith, R.V.. „Aurangzeb and the thieves“. The Hindu (2011-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-noyabr.
  2. James L. Wescoat. Mughal gardens: sources, places, representations, and prospects. Dumbarton Oaks, 1996 — 89-bet. ISBN 0-88402-235-8. 
  3. Lucy Peck. Delhi - A thousand years of Building. New Delhi: Roli Books Pvt Ltd., 2005. ISBN 81-7436-354-8.